Berbok Bolqon mamlakatlarida Rossiya ta’siri to‘g‘risida ogohlantirdi
Yevropada Rossiya Federatsiyasi o‘z ta’siri uchun foydalana oladigan «kulrang zonalar» bo‘lmasligi kerak, dedi Germaniya TIV rahbari. Buning uchun, Annalena Berbokning fikricha, Yevropa Ittifoqiga integratsiya yo‘lidagi Bolqon davlatlarini qo‘llab-quvvatlash zarur.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Chernogoriya hamda Bosniya va Hersegovinaga ikki kunlik tashrifi oldidan G‘arbiy Bolqonda Rossiya ta’siri xavfidan ogohlantirdi. «Biz Yevropaning hech qaysi joyida kulrang hududlarga ega bo‘la olmaymiz hamda Rossiya o‘z beqarorlashtirish, dezinformatsiya va aralashish siyosati uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan qanotlarni yopish uchun birgalikda harakat qilishimiz kerak», — deya AFP 4 mart, dushanba kuni Berbokdan iqtibos keltirgan.
Kerakli yordam, dedi Berbok, «demokratik institutlar va ularning barqarorligini mustahkamlash» hamda «odamlarga iqtisodiy istiqbollarni taqdim etish» bo‘lishi kerak. Rossiyaning «shafqatsiz imperializmi» oldida geosiyosiy imperativ - G‘arbiy Bolqon oltita davlatini Yevropa Ittifoqiga olib boradigan yo‘lda «butun kuchimiz bilan qo‘llab-quvvatlashdir».
Tashrif rejasi
Germaniya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, idora rahbari mamlakat poytaxti Podgoritsada Chernogoriya bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri va prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazadi. Uchrashuvlar, birinchi navbatda, Chernogoriyaning YeIga kirish jarayoni va zarur islohotlarni amalga oshirishdagi taraqqiyotga bag‘ishlanadi. Bu jarayonda Chernogoriya o‘z oldiga «ambitsiyali vazifa qo‘ydi va hozir uni dadil amalga oshirmoqda», deb ta’kidladi Berbok.
Bosniya va Hersegovina poytaxtida Germaniya tashqi ishlar vazirligi rahbari mamlakat prezidenti va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashadi. Berbokning ta’kidlashicha, Sarayevo Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarida «chorrahada» turibdi va unga kirish bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun zarur islohotlarni amalga oshirishi kerak. «2024 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan munitsipal saylovlar oldidan saylov qonunchiligini yaxlitlik paktiga (Integritätspakt) muvofiq o‘tkazish nihoyatda muhim», dedi Annalena Berbok.
Olti Bolqon davlatining barchasi Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishga intilmoqda, ammo jarayon turli bosqichlarda. Ba’zi davlatlar Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishni o‘n yildan ortiq kutmoqda. Faqat mustaqilligi haligacha Yevropa Ittifoqiga a’zo bir qancha davlatlar tomonidan tan olinmagan Kosovo Respublikasi YeIga nomzod maqomiga ega emas.
Mavzuga oid
12:14 / 06.12.2024
GFR TIV rahbari: Lavrovning YeXHTdagi bayonotlari - chidab bo‘lmas yolg‘on
10:20 / 26.11.2024
DHL reysi qulashi: Berbok «gibrid hodisani» istisno etmayapti
11:10 / 05.11.2024
Berbok: GFR Ukrainaga qishki yordam uchun yana 200 mln yevro o‘tkazadi
15:40 / 15.10.2024