O‘zbekistonda 4 mingdan ortiq noqonuniy daraxt kesish holati aniqlandi
Har bir nobud qilingan daraxt uchun 100 tup ko‘chatni kompensatsiya tarzida ekish majburiyati yuklanmoqda va davlat ixtiyoriga 8,7 mlrd so‘m undirildi.
Bosh prokuratura ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Daraxtlar kesilishiga e’lon qilingan moratoriy ijrosini o‘rganish bo‘yicha tashkil etilgan nazorat tadbirlari davomida 4 190 ta noqonuniy daraxt kesish holati aniqlanib, har bir nobud qilingan daraxt uchun 100 tup ko‘chatni kompensatsiya tarzida ekish majburiyati yuklanishi va davlat ixtiyoriga 8,7 mlrd so‘m undirilishi ta’minlandi.
Shuningdek, ijaradagi 67 778 gektar o‘rmon fondi yer maydonlari xatlovdan o‘tkazilib, 17 ta noqonuniy qaror bekor qilindi hamda noqonuniy egallangan 1 577 gektar yer maydoni o‘rmon fondi hisobiga qaytarildi, jiddiy qonun buzilishi holatlari yuzasidan 24 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Nazorat tadbirlarida 65,7 mlrd so‘mlik 215 ming metr kub noruda foydali qazilmalar noqonuniy qazilganligi holatlari yuzasidan 45 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tabiatga yetkazilgan 7,1 mlrd so‘m zarar va 34,8 mlrd so‘m kompensatsiya to‘lovlari undirildi.
Tadbirlar davomida daryolarning muhofaza zonalarida 744 ta noqonuniy chiqindi tashlash joylari bartaraf etilib, suv havzasi mintaqalari 17 200 tonna chiqindidan tozalandi.
Hozirda qayd etilgan daryolar o‘zanlarida qonun buzilishlarni oldini olish maqsadida videokuzatuv kameralari o‘rnatish ishlari amalga oshirilib, onlayn nazorat joriy qilinmoqda.
Mavzuga oid
12:49 / 16.12.2024
Kun.uz tanqididan so‘ng: Yangiyo‘l sudyasining shubhali hukmiga prokuratura protest kiritdi
18:14 / 11.12.2024
Konstitutsiyaviy sud prokurorlarning ikkita vakolatini bekor qilishga chaqirdi
15:14 / 02.12.2024
Mirobod prokurori elektr energiyasini tejash bo‘yicha reyd o‘tkazdi. Tarmoq soatiga 19 980 so‘mlik yuklamadan xalos qilingan
08:32 / 28.11.2024