O‘zbekiston | 09:50 / 10.03.2024
8221
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda yarim kilo giyohvandlik moddasini 80 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

“Sotuvchi” 1 kg giyohvand moddani 180 ming dollarga sotishga kelishib, shundan yarmini 80 ming dollarga sotayotganda qo‘lga olingan.

Foto: IIB axborot xizmati

Samarqandda yarim kilogrammga yaqin sintetik giyohvand moddasini (alfa-pirrolidinovalerofenon – a-PVP) 80 ming dollarga sotayotgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tezkor xodimlari tomonidan shaharning Hamid Olimjon mahallasi hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda muqaddam sudlangan, Farg‘ona viloyatda ro‘yxatda turuvchi fuqaro 67 yoshli U.T., 1 kg “alfa-pirrolidinovalerofenon (a-PVP) giyohvandlik vositasini 180 ming dollarga sotishga kelishib, shundan yarim kiloga yaqinini 80 ming dollarga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlanib, hujjatlashtirilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid