“Eng to‘g‘ri yo‘l – san’atkorlar daromadini majburiy deklaratsiyalash” - Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning ta’kidlashicha, san’atkorlarning daromadlarini majburiy deklaratsiyalashga o‘tkazish bo‘yicha 4 yildan beri Soliq qo‘mitasi bilan ishlar olib borilmoqda. Mamlakatdagi yashirin iqtisodiyotning ulushini kamaytirish uchun ham deklaratsiyalash tartibi yo‘lga qo‘yilishi kerak, dedi u.
11 mart kuni Madaniyat vazirligi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda vazir Ozodbek Nazarbekovning ma’lum qilishicha, ijodkorlardan soliq olishda majburiy deklaratsiyalash tartibiga o‘tish bo‘yicha Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
“Har bir daromad turidan soliq olishni nazorat qilish ayni paytda murakkab kechyapti. Soliq qo‘mitasi bilan bu masalani bir necha yildan beri muhokama qilyapmiz, ishlayapmiz. Hozirda ijodkorlarga soliq to‘lash bo‘yicha 2 xil shakldan birini tanlash erkinligi berilgan. Xohlasa, deklaratsiya to‘ldiradi, bu – ixtiyoriy. Xohlasa eski shaklda, bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib soliq to‘laydi. Har ikkala shaklga imkoniyat berganmiz.
Biz faqat deklaratsiya yordamida muammoga yechim topishimiz, boshqa ijodkorlarga ham chiqib borishimiz mumkin. Bu yerda faqat xonandalar emas, shoirlar, bastakorlar va boshqalar ham bor. Bu ham yashirin iqtisodiyotning bir qismi. Lekin oson, yengil yechimini topolmayapmiz. To‘rt yildan beri mana shu masalada Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda ish olib boryapmiz. Menimcha, ixtiyoriy ravishda san’atkorlarni deklaratsiya to‘ldirishga o‘tkazish eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi.
Ijodkorlarda bundan qo‘rqish, ozgina hayiqish bor. Biz bunga bosqichma bosqich yetib boramiz, bir kunda masalani hal qila olmaymiz. Bu – eng to‘g‘ri yo‘l. Boshida tezlikda bu ishni qilmoqchi edik, ammo Soliq qo‘mitasi bilan ishlashni boshlaganimizdan keyin ko‘plab boshqa murakkabliklar ham borligi ma’lum bo‘ldi. Harakatlar bor, deklaratsiyalash tartibini yo‘lga qo‘yishimiz shart”, – dedi Ozodbek Nazarbekov.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari, o‘rinbosarlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari hamda mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi belgilangan, biroq bu tizim hozirga qadar amaliyotga joriy etilmadi.
Tavsiya etamiz
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
Jahon | 10:56 / 11.01.2025
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 10:52 / 11.01.2025
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan buyon bir oy o‘tdi. Nimalar o‘zgardi?
Jahon | 18:45 / 10.01.2025
Pokistonning Afg‘onistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
Jahon | 18:00 / 10.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Futbolning noodatiy tomonlari: KUN.UZ yangi formatdagi kanalini taqdim etadi
Sport | 10:07 / 08.01.2025
-
7 ta gol urilgan super klasikoda «Barsa» yirik hisobda g‘alaba qozonib, 15-bor Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 02:16
-
Polshada o‘tgan yil yo‘qolgan minalar IKEA do‘konidan topildi
Jahon | 23:14 / 12.01.2025
-
“Salimboy” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev ozodlikka chiqdi - manba
O‘zbekiston | 20:33 / 12.01.2025
Mavzuga oid
21:27 / 24.12.2024
“Erkinlik berib yuborilgan joyda san’atkorlar hamma yerni rasvo qilyapti” – Ozodbek Nazarbekov
19:33 / 24.12.2024
“Davlatning kino sohasidan chiqib ketishiga hali vaqt bor” – Ozodbek Nazarbekov
16:45 / 13.12.2024
Ozodbek Nazarbekov Qirg‘iziston xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi
18:18 / 31.10.2024