O‘zbekiston | 09:21 / 14.03.2024
10130
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzax viloyatining ikki tumanida elektr ta’minoti qisman uzildi

Sharof Rashidov va Forish tumanlari iste’molchilari (1 ming 600 ta) elektr ta’minotidan qisman uzilgan.

Foto: Kun.uz

Bugun, 14 mart kuni soat 8:40 da Jizzax viloyatida shamol va qor ta’sirida 6-10 kVli 5 ta elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, buning natijasida Sharof Rashidov va Forish tumanlari iste’molchilari (1 ming 600 ta) elektr ta’minotidan qisman uzilgan.

Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (kuchli shamol va qor) sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid