Namanganda tibbiyot muassasasi rahbari noqonuniy kesilgan daraxtlar uchun jazolandi
Unga qariyb 70 mln so‘mlik tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan.
Namangan viloyati, Yangi Namangan tumanidagi «Oromgoh» mahallasida 2 tup chinor va 1 tup kashtan daraxti noqonuniy kesilgan. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi va Yangi Namangan tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reydda «Oromgoh» mahallasidagi «Ftiziatriya va pulmonologiya markazi» hududida muassasa xodimlari tomonidan 2 tup chinor va 1 tup kashtan daraxti noqonuniy ravishda kesib tashlangan.
Holat yuzasidan tashkilot rahbariga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, BHM 10 barobari – 3 million 400 ming so‘m miqdorida jarima belgilangan. Shuningdek, o‘simlik dunyosiga 69 million 200 ming so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.
Qonunbuzarlik uchun huquqbuzardan jarima undirilib, zararni undirish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborilgan.
Mavzuga oid
07:34
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
16:12 / 20.12.2024
Chiqindilarni boshqarish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi
19:05 / 26.11.2024
Namanganda flyuorit toshini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
16:53 / 22.11.2024