O‘zbekiston | 09:54 / 20.03.2024
2479
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
Bitim 2023 yil 19 avgust kuni Budapesht shahrida imzolangan.
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Vengriya hukumati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Bitim 2023 yil 19 avgust kuni Budapesht shahrida imzolangan.
Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Mavzuga oid
12:41 / 21.12.2024
Polsha sobiq amaldoriga Vengriyada boshpana berilganidan norozi
21:33 / 20.12.2024
Viktor Orban Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishdan oldin Trampning inauguratsiyasini kutmoqchi
14:03 / 12.12.2024
Vengriya Moskva va Kiyevga sulh tuzishni taklif qildi
23:06 / 06.12.2024