O‘zbekiston | 14:45 / 22.03.2024
2781
1 daqiqa o‘qiladi

Kuvayt O‘zbekistonning chekka qishloqlarida rejalashtirilgan loyihalarda ishtirok etmoqchi

Kuvaytda O‘zbekistonning iqtisodiy, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi.

Mamlakat elchixonasi tomonidan kuvaytlik ishbilarmon doira vakillari uchun O‘zbekistonning sarmoyaviy, eksport va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Taqdimotlar doirasida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtisodiyotni liberallashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish, xorijiy investorlar uchun yaratilgan biznes imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilariga shu yilning 2-3 may kunlari III Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi.

Kuvaytlik ishbilarmonlar O‘zbekistonning o‘ziga xos ta’mi va sifati yuqori bo‘lgan meva-sabzavot va quritilgan mevalarni import qilishga qiziqish bildirdi. 

Shuningdek, ular O‘zbekistonning chekka tumanlari va qishloqlarida ham amalga oshirilishi rejalashtirilgan tibbiyot va ta’lim sohasidagi loyihalarda ishtirok etishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Mavzuga oid