Jamiyat | 22:28 / 23.03.2024
31672
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda qoidabuzar haydovchi jarima maydonchasidan devor oshib qochib ketdi

Unda 30 dan ortiq qoidabuzarlik, 100 mln so‘mdan ortiq muddati o‘tgan jarima borligi aniqlangan.

Foto: Videodan kadr / Zo‘r tv

Andijonda qoidabuzar haydovchi jarima maydonchasidan devor oshib qochib ketdi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 24 yoshli haydovchi temir yo‘l pereyezdini kesib o‘tishda qoida buzgan. Uni to‘xtatmoqchi bo‘lgan yo‘l-patrul xizmati inspektori ishorasiga bo‘ysunmay, to‘xtamasdan ketib qolgan.

Haydovchi kuzatib borilib, Kichik daha hududida to‘xtatilgan. U haqdagi ma’lumotlar tekshirilganda, 30 dan ortiq qoidabuzarlik, 100 mln so‘mdan ortiq muddati o‘tgan jarimasi borligi aniqlangan.

Transport vositasi jarima maydoniga olib borilgan. Inspektor haydovchiga chora ko‘rayotgan paytda, u jarima maydoni devoridan oshib o‘tib, qochib ketgan.

Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Mavzuga oid