Andijonda ishlab chiqarish sexini elektr tarmog‘iga ulab berishni aytib pul olgan ETK muhandislari ushlandi
Ular fuqarodan yangi tashkil etilgan sexni elektr tarmog‘iga ulab berishni aytib, 85 mln so‘m olayotganda ushlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Asaka tumani ETK muhandisi F.Ya. fuqaro F.T.ning yangi tashkil etgan yog‘och mahsulotlariga qayta ishlov berish sexini 105 mln so‘m evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida elektr tarmog‘iga ulab berishini aytib, ushbu pullar hisobidan 85 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Andijon viloyati ETK muhandisi J.Yu. Asaka tumani ETK muhandisi F.Ya.dan 85 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:58 / 12.12.2024
Kun.uz surishtiruvidan so‘ng: “Halal Auto Leasing” firibgarlik sxemasiga nisbatan tergov boshlandi
21:00 / 09.12.2024
200 dollarlik fotosurat, “ish bitirgan” kurka bolalari va qo‘shmachining “tanka”si – noodatiy poralar
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
12:07 / 30.11.2024