Jahon | 08:16 / 11.04.2024
7705
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiya yana Ukrainaga raketa va uchuvchisiz uchoqlar bilan hujum qildi

Tu-95MS strategik bombardimonchi samolyotlari Murmansk viloyatidan havoga ko‘tarildi, deya xabar bermoqda Ukraina Qurolli kuchlari. UUA guruhlari - Qora dengizdan. Raketalar Odessa tumaniga kelib tushdi.

Foto: Artyom Anikeev/StockTrek/IMAGO

11 aprel, chorshanbaga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaga havo hujumlarini qayta boshladi.Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari Rossiya Federatsiyasining Murmansk viloyatidagi Olenya aerodromidan yettita Tu-95MS strategik bombardimonchi samolyoti jo‘nab ketgani haqida xabar berdi

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya samolyotlari uchish liniyalari yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan, «uchirish liniyalariga yetib borishning taxminiy vaqti - 03:40» (Kiyev vaqti bilan). 

Keyin Odessa tomon raketa uchayotgani xabar qilingan. 

Dronlar tufayli havo hujumi haqida ogohlantirish 

Ukrainaning ayrim hududlarida Rossiya uchuvchisiz uchoqlari tomonidan hujum qilish xavfi tufayli havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi. UUA guruhlari Xerson viloyati va Qora dengizdan shimoliy yo‘nalishda parvoz qilmoqda, deb xabar berdi Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari. Ukraina harbiylariga ko‘ra, uchuvchisiz samolyotlar Dnipropetrovsk viloyatining Krivoroj tumaniga, bu hududning shimoliy qismida Xarkiv viloyatiga, bir necha UUA guruhi Odessa viloyatiga yo‘l olgan. 

Dronlar Kirovohrad viloyatining sharqiy qismida, Cherkassk va Kiyev viloyatlari chegarasida, Vinnitsa viloyati sharqiy va janubiy qismlarida, Vinnitsa va Jitomir viloyatlari chegarasida ham kuzatilgan. 

Odessa tumaniga hujum 

Kuni kecha Rossiya ballistik raketalari Odessa viloyatiga zarba berib, to‘rt kishi, jumladan, 10 yoshli qiz halok bo‘lgan, yana 14 kishi, xususan, to‘rt yoshli bola jarohatlangan edi. Bu haqda Odessa viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiper o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘rt kishining ahvoli og‘ir, yana besh kishining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda, qolgan besh nafarining jarohati yengil.

10 aprelga o‘tar kechasi Rossiya aviatsiyasining avvalgi hujumidan so‘ng Odessa va Mikolayiv viloyatlarida energetika obektlari shikastlangan edi. 

Mavzuga oid