Jahon | 16:31 / 12.04.2024
16222
5 daqiqa o‘qiladi

Chasiv Yarda og‘ir janglar boshlandi, Izyum yaqinidagi vayrona qishloqqa odamlar qaytmoqda. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 778-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Xarkiv oblastida chegaradosh hududlardan bolali oilalar majburan evakuatsiya qilinishi boshlandi.
  • Kiyev oblastidagi eng kuchli elektr stansiyasi hisoblangan Tripol IES Rossiya zarbasi oqibatida butkul vayron bo‘ldi.
  • Rada safarbarlik to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.
  • Yevroparlament Ukrainaga Patriot tizimlari berilmagunicha Yevrokengashni moliyalashtirish masalasida ovoz berishdan bosh tortdi.
  • Saxalinda — Rossiyada birinchi marta — harbiy o‘z ixtiyori bilan asir tushishda ayblandi.

Kun kadri. Chasiv Yar uchun janglar vaqtida chiqqan yong‘in

Rossiya qo‘shini Donetsk oblastidagi Chasiv Yar shahriga yurish qilmoqda — bu frontning mazkur uchastkasidagi strategik muhim nuqta. Bir hafta muqaddam Rossiya qo‘shini aviatsiya ko‘magida zirhli tanklar kolonnasi bilan hujum qilib, shahar chekkasidagi Kanal mikrorayoniga yetib kelgandi. Shundan buyon rayon uchun og‘ir janglar olib borilmoqda. Frontdagi vaziyat haqida bu yerda o‘qish mumkin.

Chasiv Yar Rossiya qo‘shini tomonidan o‘qqa tutilishidan keyin. 2024 yil 11 aprel
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Seversk yaqinidagi ukrain artilleriyachilari

RF qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinining birinchi yilida — 2022 yil iyulida — Rossiya qo‘shini Severskni egallab olishga uringanida muvaffaqiyatsizlikka uchragandi. Bu Donetsk oblastining Baxmut rayonidagi aholisi 10 ming kishi atrofida bo‘lgan shahar. 2022 yil sentabridagi qarshi hujum davomida ukrain harbiylari RF qurolli kuchlarini shahar atrofidan surib tashlaydi. 2024 yil aprelda Rossiya qo‘shini shaharga yana bir bor yurish qilishga urinmoqda, ukrain artilleriyachilari Seversk mudofaasini davom ettirmoqda.

Wolfgang Schwan / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

.

Wolfgang Schwan / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ozod etilgan Dolgenke qishlog‘iga qaytayotgan aholi

Xarkiv oblasti Izyum rayonidagi Dolgenke qishlog‘i 2022 yil iyunida Rossiya qo‘shini tomonidan egallab olingan, o‘sha yil sentabridayoq Ukraina qurolli kuchlari tomonidan ozod etilgan. Qishloq janglar vaqtida deyarli butkul vayron bo‘lgan, ammo aholining bir qismi bu yerga qaytib kelmoqda.

Keng ko‘lamli urushga qadar Dolgenkeda 650 nafar atrofidagi odam yashagan, hozirda uylar va butun infratuzilma vayron bo‘lgan qishloqda 30 chog‘li kishi qolgan
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Dolgenke aholisi urushga qadar qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullangan
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Dolgenkeda madaniyat uyi, bolalar bog‘chasi va maktab ishlashi davom etmoqda. O‘qituvchi Natalya — vayron bo‘lgan qishloqqa qaytishga qaror qilganlardan biri, rossiyalik harbiylar okkupatsiya davrida uning uyi devorida yozuvlar qoldirishgan
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Dolgenke atrofi, Ukrainaning janglar kechgan boshqa aholi yashash manzillarida bo‘lganidek sinchkovlik bilan minalardan tozalashni talab etadi. Yerda juda ko‘p o‘q-dorilar qolgan. Fevral oyida Dolgenkeda minani bosib olgan ikki kishi halok bo‘lgandi, tinch aholi vakillaridan yana biri yaralangan
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Dolgenkega qaytgan aholi vakillari yana dalaga ishlov berish bilan mashg‘ul, lekin qishloq xo‘jaligi texnikalarining aksari urush vaqtida yo‘q qilingan
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
50 yoshli Valeriy — qishloqqa qaytganlardan biri, ammo uning Dolgenkedagi uyi vayronaga aylangan
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik harbiylar «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimi hamda gaubitsani Dolgenke qishlog‘i yaqinidan olib o‘tmoqda. Ukrainaning FREEDOM telekanali qishloqda olgan va 2023 yil martida namoyish etilgan reportajda mahalliy aholi vakillari yarim yillik harbiy harakatlar davomida Dolgenke besh marta qo‘ldan qo‘lga o‘tganini aytib berishgan.
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mavzuga oid