Jamiyat | 12:30 / 01.05.2024
15083
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda 68 yoshli erkak 7 yoshli qizga nisbatan uyatsiz harakatlar qilganlikda gumonlanmoqda

Yangi Namangan tumanida 68 yoshli erkak ko‘chada o‘ynayotgan 7 yoshli qizni mashinasiga chiqarib, unga nisbatan uyatsiz harakatlar qilishda gumonlanmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda 7 yoshli qizga 60 yoshli erkak tahdid qilib, o‘zining g‘arazli niyatini amalga oshirgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi.

Yangi Namangan tumanida yashovchi F.O. (ayol) ichki ishlar organlariga o‘z arizasida 2024 yil 27 mart kuni voyaga yetmagan qizi (2017 yilda tug‘ilgan) J.S. ko‘chada o‘rtoqlari bilan o‘ynab yurgan vaqtida shu yerdan o‘tib ketayotgan I.B. (erkak, 1956 yilda tug‘ilgan) qizni o‘z avtomashinasiga chiqarib, unga uyatsiz buzuq harakatlar qilganligini bildirgan.

Ushbu voqea yuzasidan joriy yilning 5 aprel kuni Namangan shahar IIO TB tomonidan I.B.ga nisbatan JKning 129-moddasi 1-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Hozirga tergov harakatlari olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani o‘z kuzatuvini davom ettirishi, holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan. 

Mavzuga oid