O‘zbekiston | 15:15 / 02.05.2024
25179
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi

Ularning rahbarlariga nisbatan intizomiy ta’sir choralari qo‘llangan.

Foto: Videodan kadrlar

Samarqandda haydovchiga “50 kundan beri quyoshda turgani”ni aytib, ezilib ketganini ta’kidlagan hamda uch kishigi tushlik olib kelishni so‘ragan YPX xodimi va uning sherigi ishdan olindi. Bu haqda Kun.uz’ga Samarqand viloyati IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayev ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu holatda ishtirok etgan YPX inspektorlari ichki ishlar organlari safidan bo‘shatilgan. Ularning rahbarlariga nisbatan esa intizomiy ta’sir choralari ko‘llangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada inspektor va haydovchi o‘rtasida o‘zaro kelishish bo‘yicha suhbat bo‘lib o‘tgan. “GAI” xodimi uch kishiga tushlik olib kelishni aytgan. Haydovchi esa bu “taklif” u uchun qiyin ekanini bildirgan. Inspektor esa bunga javoban 100 ming so‘m so‘ragan. “Savdo”dan keyin haydovchi Nexia-3 mashinasida o‘tirgan odamga 70 ming so‘m berib ketgani aks etgan.

Ushbu holatda inspektor haydovchiga qanday qoidabuzarlik qilganligini aytmagan. 

Mavzuga oid