Jahon | 10:37 / 22.05.2024
8164
1 daqiqa o‘qiladi

Ramzon Qodirovning 18 yoshli o‘g‘li 3 oy ichida ikkinchi marta vazir bo‘ldi

Ahmat Qodirov sport vaziri lavozimini egalladi. U bungacha yoshlar ishlari vaziri edi.

Foto: RKadyrov_95 / Telegram

Checheniston yoshlar ishlari bo‘yicha vaziri lavozimini 2024 yil fevralidan beri egallab kelayotgan Ahmat Qodirov respublikaning sport vaziri lavozimini egalladi. Bu haqda Ramzon Qodirov o‘zining Telegram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Yoshlar ishlari bo‘yicha vazir lavozimini esa Ramzon Vismurodov egalladi. U bungacha “Ahmat” sport klubi direktori edi.

Bungacha sport vaziri sifatida ishlab kelgan Iso Ibragimov esa Checheniston prezidenti administratsiyasi rahbari lavozimiga o‘tkazilgan. 

Ma’lumot uchun, Ahmat Ramzon Qodirovning katta o‘g‘li. U 18 yoshda. Joriy yilning fevralida Checheniston yoshlar ishlari vaziri etib tayinlangandi. Bu lavozimgacha esa Ahmat Qodirov Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.

Ahmat, shuningdek, Rossiya bolalar va yoshlar harakating Chechenistondagi hududiy kengashi raisi ham bo‘lgan.

Mavzuga oid