O‘zbekiston | 09:00 / 28.05.2024
8681
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Central Asian University tibbiyot fakultetining besh nafar talabasi dunyodagi eng murakkab imtihonlardan biri – USMLE Step 1 sinovini muvaffaqiyatli topshirdi

Foto: Central Asian University

Central Asian University (CAU) tibbiyot fakultetining besh nafar talabasi norasmiy ravishda dunyodagi eng murakkab tibbiy imtihonlardan biri sanaladigan USMLE (United States Medical Licensing Examination)ning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Ushbu olamshumul muvaffaqiyat CAU Tibbiyot maktabi tomonidan taqdim etilayotgan yuqori sifatli ta’lim va puxta tayyorgarlikning yaqqol isbotdir.

Talabalarning muvaffaqiyati, asosan, CAU Tibbiyot fakulteti tomonidan ishlab chiqilgan va muvofiqlashtirilgan o‘quv dasturi samarasi hisoblanadi. CAU o‘quv dasturi shunday ishlab chiqilganki, u nafaqat universitet imtihonlarida yuqori natijalarni ta’minlaydi, balki shu bilan birga USMLE Step 1 imtihonini muvaffaqiyatli topshirishingiz uchun yetarli bo‘lgan bilimni taqdim eta oladi. Buni olingan bilimlar, universitet imtihonlari hamda USMLEʼga tayyorgarlikda naqadar ahamiyatli va qadrli ekanligini alohida ta’kidlab o‘tgan talabalarning so‘zlari ham tasdiqlaydi.

USMLEʼning o‘ziga xos xususiyati nimada va nega u dunyodagi eng murakkab imtihonlardan biri hisoblanadi?

USMLE Step 1 — bu asosiy tibbiy bilimlar va uni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini baholovchi ko‘p bosqichli imtihonning birinchi bosqichi hisoblanadi. Imtihon Qo‘shma Shtatlarda tibbiy litsenziya olish uchun majburiy sanalib, talabalardan nafaqat keng nazariy bilimga ega bo‘lishni, balki ushbu bilimlarni klinik amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatini ham talab qiladi. USMLE Step 1 dunyodagi eng murakkab imtihonlardan biri hisoblanishining bir nechta sabablari mavjud:

Davomiylik va qamrov: Sinov sakkiz soat davom etadi va tibbiyot fanlarining barcha jabhalarini qamrab oluvchi, ham aqliy, ham jismoniy chidamlilikni talab qiluvchi turli savollardan iborat bo‘ladi.

Materialning keng qamrovi: Talabalar tibbiy ta’limning birinchi va ikkinchi yiliga teng bo‘lgan barcha asosiy tibbiyot fanlari bo‘yicha to‘liq bilimga ega bo‘lishlari lozim.

Qattiq nazorat: Imtihon jarayoni kuchli nazorat ostida bo‘lib o‘tadi. Nomzodlar kameraga yozib olinadi, ularning cho‘ntaklari, kiyim-kechaklari tekshiriladi hamda imtihon jarayonida ham kuzatib boriladi.

USMLE imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan o‘zbekistonlik talabalar foizi past bo‘lib kelayotganligi sababli,  CAU talabalarining yutuqlari ayniqsa muhim va e’tirofga munosibdir.

Muhammadbektosh Xaydarov

«Men uchinchi kursdan boshlab USMLE sinoviga tayyorlana boshladim. Dastlab imtihonga jiddiy ahamiyat bermagan edim, unga tayyorgarlikni universitet fanlarini o‘rganish bilan birga olib bordim. Bizning o‘quv dasturimiz shunday tuzilganki, testlarga tayyorgarlik universitet imtihonlarida ham yaxshi natijalarni beradi. Ushbu yondashuv menga har ikki turdagi imtihonlarga samarali tayyorgarlik ko‘rishga imkon berdi. USMLE bu — haqiqiy qiyinchilik va bir necha oylar, balki yillar davomida tayyorgarlikni talab qiladi, ammo bu yo‘lda olgan bilimlarim bebahodir».

«Men yaqinda USMLE Step 1 imtihoni topshirdim, bu har qanday tibbiyot talabasi uchun, ayniqsa, Markaziy Osiyolik talaba uchun katta yutuqdir. Bu shiddatli mashg‘ulotlar va klinik rotatsiyalarga to‘la murakkab sayohat bo‘ldi, lekin CAU tufayli men buni uddaladim. Bizning o‘quv dasturimiz menga katta poydevor berdi, professorlar-o‘qituvchilarimiz esa ulkan madad berib turdi. USMLE Step 1 imtihonidan o‘tish mening xalqaro miqyosda tan olingan kardiotorakal jarroh bo‘lish orzuim sari katta qadam bo‘ldi».

«USMLE Step 1 imtihoniga tayyorgarlik ko‘rishni uchinchi kursda boshlagan edim Avvaliga imkonsizdek tuyulgan bo‘lsa-da, o‘quv dasturimiz, ota-onamning ko‘magi va professorlarimning motivatsiyasi muvaffaqiyatga erishishimga yordam berdi. Men noyabr oyida rasmiy ravishda tayyorgarlikni Amboss Qbank (tibbiyot talabalari turli tibbiy imtihonlarga, jumladan, USMLE Step 1 imtihoniga ham tayyorgarlik ko‘rish uchun kerakli savollar banki) sotib olishdan boshladim. Mening harakat strategiyam Step 1 sifatida semestr fanlarni o‘rganish edi. Maktabimiz ingliz tilida dars berishi va ko‘plab professor-o‘qituvchilar o‘z kurslarini Amerika, Yevropa yoki Koreya ta’lim tizimlari bilan uyg‘unlashtirganliklari sababli men imtihonga muvaffaqiyatli tayyorlana oldim».

«Muvaffaqiyat sari yo‘l, albatta, murakkab bo‘lgan, bu universitetda o‘qish, imtihonlarga tayyorgarlik va yuqori baholarni saqlash o‘rtasidagi nozik muvozanatni talab qiladi. Ushbu imtihon uchun tizimli asos universitetimiz o‘quv dasturi tomonidan ta’minlangan bo‘lib, u nafaqat bilimimni oshiribgina qolmay, balki har bir fan bo‘yicha samarali ishlash orqali tayyorgarligimni rejalashtirish intizomini ham singdirdi.»

«Men USMLE Step 1 imtihoniga uchinchi kursdan tayyorlana boshladim. Shu vaqt ichida biz mikrobiologiya, immunologiya, patologiya kabi klinikadan oldingi fanlarni ham o‘rganishni boshladik, bu imtihonga tayyorgarlik ko‘rishda katta yordam berdi. Beshinchi kursda o‘qish jarayonida biz klinik rotatsiyadan o‘tishni boshladik, bu USMLE Step 1 bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish vaqti kelganidan dalolat berar edi, chunki universitet kurslari ko‘proq  Step 2 bosqichiga yo‘naltirilgan edi».

Central Asian University talabalarimizning erishgan yuksak yutuqlari bilan tabriklaydi va ular bilan cheksiz faxrlanadi, kelajakda esa ularga tibbiyot sohasida bundan-da yuksakroq muvaffaqiyatlar tilab qoladi. Ularning namunasi bo‘lajak CAU talabalarini yuqori maqsadlar sari ilhomlantiradi va qat’iyatlilik, qo‘llab-quvvatlash hamda sifatli ta’lim muvaffaqiyat kaliti ekanligini isbotlaydi.

Agar siz yuqori sifatli tibbiy ta’limga intilayotgan bo‘lsangiz va dunyodagi eng qiyin imtihonlardan biriga tayyorlanishni istasangiz, Central Asian University sizni yangi o‘quv yilida hujjat topshirishga taklif qiladi. 

Hujjatlar ushbu havola orqali onlayn shaklda qabul qilinadi: centralasian.uz

Qabul komissiyasining telefon raqamlari:

 (+998) 71−200−05−22 | (+998) 71−208−12−34.

E-mail: admission@centralasian.uz

Qo‘llab-quvvatlash xizmati Telegram-boti: CAU_Admission_Bot

Mavzuga oid