O‘zbekiston | 15:00 / 15.06.2024
2930
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Central Asian University’dan ikki tomonlama MBA dasturi: Sizning xalqaro muvaffaqiyat sari ravon yo‘lingiz

Central Asian University (CAU) Colorado State University (AQSh) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan nufuzli Professional MBA dasturi uchun qabulni davom ettirmoqda. Ushbu o‘ziga xos dastur talabalarga ikki tomonlama diplom va bir yil AQShda tahsil olish imkoniyatini taqdim etadi, bu esa karera istiqbollari va xalqaro hamkorlik uchun eshiklarni keng ochib beradi.

Ikki tomonlama MVA (1+1) dasturining afzalliklari:

Ikki tomonlama diplom va xalqaro tajriba: Dastur ikkita diplomga ega bo‘lish imkonini beradi: Central Asian University’dan MBA va Colorado State University’dan MBA.

Ta’lim ikkita davlatda olib boriladi: birinchi yil O‘zbekistonda va ikkinchi yil AQShda. Ushbu shakl xalqaro biznes muhitiga butkul sho‘ng‘ish, qimmatli tajriba orttirish va biznes aloqalarini o‘rnatish imkonini beradi.

Moslashuvchan jadval: dastur ishlaydigan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mashg‘ulotlar haftasiga ikki-uch marta kechki soatlarda o‘tkaziladi. Bu sizga hayotingizning biron bir muhim jihatidan voz kechmagan holda o‘qishni va karerani birgalikda teng olib ketish imkoniyatini taqdim etadi.

AQShda uch yillik ishlashga ruxsatnoma va ishga joylashtirish: Bitiruvchilar dasturni yakunlangandan so‘ng AQShda uch yillik ishlash ruxsatnomasi va ishga joylashishda zaruriy ko‘makka ham ega bo‘ladilar, bu esa karera istiqbollarini sezilarli darajada kengaytiradi va olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkonini beradi.

Ta’limning yuqori standartlari: Dastur AACSB va AMBA akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lib, bu uning xalqaro sifat standartlariga muvofiqligi va mehnat bozorida diplomlarning yuqori qiymatini tasdiqlaydi.

Dastur va o‘quv rejasi

1-yil Central Asian University’da:

Talabalar o‘qishni CAU’da boshlaydilar, ushbu dargohda ular quyidagi fundamental fanlarni o‘zlashtiradilar:

• Moliyaviy hisob

• Korporativ aloqalar

• Biznes iqtisodiyoti

• Marketingni boshqarish

• Data Science

• Moliyaviy tamoyillar va amaliyotlar

• Boshqaruv hisobi

• Inson kapitalini boshqarish

• Yetkazib berish tizimining boshqaruvi

• Xalqaro biznes.

Ushbu fanlar biznesdagi muvaffaqiyatli karera uchun zarur poydevor yaratadi.

2-yil Colorado State Universityʼda:

O‘qishning ikkinchi yili Colorado State Universityʼda olib boriladi, bu yerda talabalar quyidagi fanlarni o‘zlashtirish orqali o‘z bilimlarini yanada chuqurlashtiradilar:

• Moliyaviy hisobot va tahlil

• Moliyaviy bozorlar va investitsiyalar

• Boshqaruv qarorlarini qabul qilish

• Yetakchilik

• Muzokara asoslari

• Innovatsiyalar va yangi korxonalarni yaratish

• Loyihalar boshqaruvi

• Strategik boshqaruv (biznes simulyatsion o‘yin)

• Tadbirkorlik huquqi

• Capstone Project (biznes konsalting)

Ushbu fanlar zamonaviy biznes jarayonlarini boshqarish uchun zarur bo‘lgan strategik fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Hujjatlarni qabul qilish shartlari va qo‘llab-quvvatlash tizimi

O‘qishga qabul qilish uchun qo‘yilgan talablar: dasturda qatnashish uchun sizda bakalavr darajasi, ingliz tilini bilish (IELTS 6.5 va undan yuqori yoki unga tenglashtirilgan daraja) bo‘lishi lozim, 3 yillik ish tajribasiga ega nomzodlarga afzallik beriladi. Ko‘rsatilgan boshqaruv tajribasiga ega bo‘lgan abituriyentlar IELTS talabining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan panel suhbati orqali qabul qilinishi mumkin.

Ariza topshirish jarayoni: Central Asian University saytining Professional MBA bo‘limida keltirilgan shaklni to‘ldiring. Qabul bo‘yicha konsultantlar sizga batafsil ko‘rsatmalar berib boradi va ariza berish jarayonining har bir bosqichida sizga ko‘maklashadi.

Talabalarni qo‘llab-quvvatlash va karera imkoniyatlari

Qo‘llab-quvvatlash va karera xizmatlari: Central Asian University keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini taklif etadi, jumladan, yo‘nalishni aniqlash dasturlari, akademik konsultatsiyalar va madaniy integratsiya tadbirlari. Ikkala universitet ham karera xizmatlarini taqdim etadi, shu jumladan rezyume yozish bo‘yicha seminarlar, intervyuga tayyorgarlik ko‘rish va ishga joylashtirish bo‘yicha yordam.

Turar joy va viza ko‘magi: Colorado State University kampusda yashash imkoniyatini taqdim etadi. Qabul qilingandan so‘ng, talabalar F-1 talaba vizasiga qanday murojaat qilish lozimligi bo‘yicha ko‘rsatmalar oladilar.

Amaliyot o‘tash va ishga joylashish imkoniyatlari: dastur amaliy tajriba orttirish uchun amaliyot o‘tashni tavsiya etadi. Xorijlik talabalar kampusda yarim vaqt ishlashlari mumkin va o‘qish yakunlangandan so‘ng OPT (Optional Practical Training)ga qabul qilinishlari mumkin.

Central Asian University va Colorado State University hamkorligida ishlab chiqilgan Professional MBA dasturi karerada yuqori marralarni zabt etish va kasbiy rivojlanish uchun ajoyib imkoniyatlar yaratib beradi va dastur bitiruvchilariga jahon mehnat bozorida raqobatdosh ustunlikni taqdim etadi.

Muvaffaqiyatli mutaxassislarga safiga qo‘shiling va xalqaro muvaffaqiyat eshiklarini oching!

Batafsil ma’lumot olish uchun saytimizga tashrif buyuring yoki Central Asian University’ning qabul bo‘yicha call-markaziga murojaat qiling: +998 71-200-05-22.

Karera pog‘onasida yuqori cho‘qqilarni zabt etish va jahon miqyosidagi professionallar hamjamiyatining bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Mavzuga oid