Samarqandda o‘gay o‘g‘lini kamar bilan savalagan otaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Samarqand viloyati Toyloq tumani Sochak qishlog‘ida yashovchi erkak 6 yoshli o‘gay o‘g‘lini kamar bilan savalagani haqida xabar bergandik.
Hodisa 2024 yil 23 iyun kuni sodir bo‘lgan. 24 iyun kuni Toyloq tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.
Erkak Toyloq tumani tibbiyot birlashmasi tibbiy ko‘rigidan o‘tkazilganda, uning ruhiyatida o‘zgarishlar borligi aniqlanib, Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Uning holati yuzasidan sud-psixiatrik ekspertiza tayinlangan.
Bolalar ombudsmanining xabar berishicha, 28 iyun kuni Toyloq tumanida bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi "a" bandi (voyaga yetmagan shaxsni qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Bolaga nisbatan bu kabi zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yganlar kim bo‘lishidan qat’i nazar tegishli javobgarlikka tortilishi shart. Bola davlat va qonun himoyasida”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismida besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berish belgilangan.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024