“Fuqaroga jarohat yetkazilgani aniqlanmadi” – Rishtonda IIB xonasida hushini yo‘qotgan fuqaro bo‘yicha ma’lumot berildi
Farg‘ona viloyati IIBga ko‘ra, fuqaro xodimlarning qonuniy talabini bajarmasdan, haqorat qilgan holda mashinasini fuqarolar va IIB xodimlari ustiga haydagan. Ushbu harakatidan so‘ng u majburiy tarzda ichki ishlar organi tayanch punktiga olib borilgan.
Rishton tumanida IIB xonasiga olib kirilgan fuqaro hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizilgani holati yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB rasmiy munosabat berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil 4 iyul kuni Rishton tumanining Gumbaz mahallasida fuqaro R.M. Cobalt mashinasida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib, “To‘xtash taqiqlanadi” yo‘l belgisi ta’sir doirasiga mashinasini qo‘ymoqchi bo‘lgan. IIO xodimlari unga huquqbuzarligini tushuntirmoqchi bo‘lishgan.
“Biroq R.M. xodimlarining qonuniy talabini bajarmasdan, haqorat qilib, transport vositasini shu yerda turgan fuqarolar va IIB xodimlari ustiga harakatlantirgan. Shundan so‘ng huquqbuzarlik sodir etayotgan shaxs zararsizlantirilib, majburiy tarzda IIO tayanch punktiga olib borilgan. Tayanch punktiga uning akasi M.R. ham kelib, baqir-chaqir qilgan holda xodimlarga qarshilik ko‘rsatgan.
Shu payt R.M.ning tutqanog‘i tutib, o‘zini yo‘qotgan (fuqaroning muqaddam avtohalokat oqibatida orttirilgan epilepsiya kasalligi bo‘lgan). Fuqaroga tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan”, deyiladi IIB rasmiy munosabatida.
Qayd etilishicha, tibbiy ko‘rik jarayonida fuqaroga jarohat yetkazilgan holati aniqlanmagan.
Hozirda fuqaro R.M. va akasi M.R.ga nisbatan Ma’muriy jaaobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-, 194-, va 195-moddalari tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko‘rish uchun sudga yuborilgan. Shuningdek, xodimlarning harakatlariga huquqiy baho berish uchun xizmat tekshiruvi tayinlangan.
IIB rasmiy munosabat bilan birga o‘sha holatda xodimlarning bodikamerasiga tushirilgan tasvirlarni ham e’lon qildi.
Voqeaga guvoh bo‘lgan haydovchining jiyani xodimlardan biri akasining qo‘liga elektroshoker ishlatganini, keyin esa sudrab, xizmat xonasiga olib kirib ketishganini, uni xonada ko‘pchilik bo‘lib kaltaklashganini bildirgandi. IIB xonasidan hushsiz holatda chiqqan fuqaro tezkorlik bilan reanimatsiya bo‘limiga olib borilgan. U hamon o‘ziga kelmayotgani aytilmoqda.
Tavsiya etamiz
G‘arb servislariga va muxolifatga ruxsat. Eronda «iliq» davr boshlandimi?
Jahon | 17:05 / 09.01.2025
Donald Tramp: «Urush boshlanishi – Baydenning aybi»
Jahon | 10:39 / 09.01.2025
Rasul Kusherbayev Wizz Air ustidan arz qildi. Aviakompaniya uni qora ro‘yxatga kiritgan
O‘zbekiston | 17:27 / 08.01.2025
Shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron nusxasi ham rasman tan olinadi
O‘zbekiston | 16:02 / 08.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Futbolning noodatiy tomonlari: KUN.UZ yangi formatdagi kanalini taqdim etadi
Sport | 10:07 / 08.01.2025
-
Ayrim sanoat mahsulotlari uchun “Karbon yig‘imi” tizimi joriy etiladi
O‘zbekiston | 07:21
-
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ga o‘tmoqda - insayder
Sport | 04:21
-
Karter bilan vidolashuv: barcha prezidentlar Kapitoliyga yig‘ildi
Jahon | 23:05 / 10.01.2025
Mavzuga oid
09:42 / 10.01.2025
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar bilan ushlandi
12:45 / 03.01.2025
Bekobodda IIB binosiga olib kelingan fuqaroni urib o‘ldirib qo‘ygan xodim 9 yilga qamaldi
21:28 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?
21:20 / 06.12.2024