Moskva sudi Navalniyning bevasini sirtdan hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqardi
Moskvaning Basman rayoni sudi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnayani ekstremistik hamjamiyatdagi ishtiroki uchun sirtdan hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqardi.
«Sud tergovning iltimosnomasini qanoatlantirgan. Yu.B.Navalnayaga nisbatan RF JKning 282.1-moddasi (ekstremistik hamjamiyatda ishtirok etish) 2-qismida ko‘rsatib o‘tilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblov e’lon qilingan. Yuliya Borisovna tergov organlaridan yashirinib yuribdi, shu bois unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan», — deyiladi sud matbuot xizmati xabarida. Ushbu modda uchun 6 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi ko‘zda tutilgan.
Unga nisbatan RFga ekstraditsiya qilingan yoki Rossiya hududida qo‘lga olingan kundan boshlab ikki oy muddatga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Yuliya Navalnaya o‘ziga nisbatan Rossiyadagi sud tomonidan sirtdan hibsga olish to‘g‘risidagi qarorni izohladi.
«Iye, odatiy protsedura bo‘lmadimi? Avval chet el agenti deb e’lon qilish, keyin jinoiy ish qo‘zg‘ash, undan so‘ng hibsga olish? Bu haqda yozayotganingizda asosiy narsani yozish esdan chiqmasin: Vladimir Putin — qotil va harbiy jinoyatchi. Uning joyi turmada, turma bo‘lganda ham Haagadagi shinamgina, ichida televizori bor kamerada emas, o‘lchami 2 metrga 3 metr bo‘lgan, u Aleksey Navalniyni o‘ldirgan koloniya kabi qamoqxonada», — deb yozgan u.
Tavsiya etamiz
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
Jahon | 10:56 / 11.01.2025
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 10:52 / 11.01.2025
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan buyon bir oy o‘tdi. Nimalar o‘zgardi?
Jahon | 18:45 / 10.01.2025
Pokistonning Afg‘onistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
Jahon | 18:00 / 10.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Agar saylanmasa, aybdor deb topilardi» - Tramp ishi bo‘yicha maxsus prokuror hisoboti e’lon qilindi
Jahon | 18:33
-
Ispaniya YeI norezidentlari uchun ko‘chmas mulk xaridiga 100 foizli soliq joriy etadi
Jahon | 18:30
-
Samarqandda 10 dan ziyod kishi qo‘lbola spirtdan zaharlanib vafot etgani aytilmoqda
Jamiyat | 18:20
-
Harbiylar Yun Sok Yolni hibsga olish uchun politsiyani qarorgohga kiritishga rozi bo‘ldi
Jahon | 18:20
Mavzuga oid
09:33 / 11.01.2025
Navalniy «ekstremistlar va terrorchilar» ro‘yxatidan chiqarilmadi
15:09 / 31.12.2024
RFda Navalniy kitobining elektron versiyasini bepul yuklab olish mumkin
12:34 / 11.12.2024
Navalniy va uning advokatlari koloniyada yashirin kamera bilan videoga olingan
09:22 / 13.11.2024