Jahon | 15:56 / 14.07.2024
10509
6 daqiqa o‘qiladi

Donbassdagi ommaviy qabrlar va evakuatsiya. Urush suratlari

Ikki yil muqaddam Rossiya Severodonetskni egallagandi. Hozirda shahar uchun janglar vaqtida halok bo‘lgan tinch aholi vakillarining ommaviy qabrlari eksgumatsiya qilinmoqda

Severodonetsk Luhanskdan taxminan 70 kilometr masofada joylashgan. 2014 yilda, «LXR» Luhanskni egallaganida Luhansk oblastining Ukraina nazorati ostidagi qismining vaqtincha ma’muriy markazi Severodonetsk shahri bo‘lib qoladi. RF qurolli kuchlari Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlagach, 2022 yil martida mazkur shahar uchun ham janglar boshlanadi va bu harbiy harakatlar iyun oyi oxiriga qadar davom etib, yakunda Severodonetsk to‘lig‘icha Rossiya qo‘shini nazoratiga o‘tadi. Janglar vaqtida shahardagi qabristonlar muntazam ravishda o‘qqa tutilgan, shu tufayli halok bo‘lgan tinch aholi vakillari Severodonetsk chekkasidagi Lesnaya Dacha posyolkasidagi ibodatxona yaqiniga ko‘milgan. Shahar egallanganidan ikki yil vaqt o‘tib, 2024 yil iyul oyi boshida, Rossiya hukumati ommaviy qabrlardan 50 dan ortiq kishining jasadlarini chiqarib oldi, ularning aksari jarohatlardan vafot etgan. Rossiyaning TASS agentligi xabariga ko‘ra, ommaviy qabr 12 qatordan iborat bo‘lib, bu yerda jami 250 nafar atrofida odam ko‘milgan bo‘lishi mumkin. Eksgumatsiyadan keyin ekspertlar qurbonlarning shaxsini aniqlash maqsadida DNK namunalarini olishadi. Keyin ular qabristondagi alohida qabrlarda qaytadan dafn etiladi.

Severodonetskda 2022 yilda halok bo‘lganlarning jasadlarini eksgumatsiya qilish bilan «Ukraina agressiyasi qurbonlarining qabrlarini qidirish, ularni identifikatsiya qilish va xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha ishchi» guruh shug‘ullanmoqda. Bu ishchi guruh 2021 yilda DXR hukumati tomonidan shakllantirilgan
Yevgeniy Biyatov / RIA Novosti / Sputnik / Profimedia
Severodonetsk, 2024 yil 5 iyul
Aleksandr Reka / TASS / Profimedia
Severodonetsk, 2024 yil 5 iyul
Aleksandr Reka / TASS / Profimedia
Severodonetsk, 2024 yil 5 iyul
Yevgeniy Biyatov / RIA Novosti / Sputnik / Profimedia
Rossiyalik harbiy Severodonetskda 2022 yilda halok bo‘lganlarning jasadlarini eksgumatsiya qilish chog‘ida. 2024 yil 5 iyul
Aleksandr Reka / TASS / Profimedia

Donetsk oblasti Nyu-York posyolkasiga yurish. Ukrain harbiy kapellani va irland ko‘ngillisi tinch aholi vakillari va ularning itlarini evakuatsiya qilmoqda

Iyul oyi boshida Rossiya armiyasining bungacha Avdiyivka frontida harakatlangan yirik kuchlari qo‘shni Toretsk (sobiq Dzerjinsk) va uning ko‘plab yo‘ldosh posyolkalari tomon yurish boshladi. Endi muntazam zarbalar ostida qolgan bunday aholi yashash manzillari qatorida Toretskdan shimoli-g‘arbdagi Nyu-York posyolkasi ham bor, urushga qadar bu yerda roppa-rosa 11 ming kishi yashagan. Endi tinch aholi vakillari nisbatan xavfsiz joylarga evakuatsiya bo‘lmoqda, bunda ularga ko‘ngillilar yordam bermoqda.

Harbiy kapellan Leonid Nomerchuk va irlandiyalik ko‘ngilli Artur Jons Donetsk oblasti Toretsk obshinasi Nyu-York shaharchasidan 11 kishi hamda ularning ikki itini evakuatsiya qildi
Marek M. Berezowski / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Nyu-Yorkdan evakuatsiya
Marek M. Berezowski / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Marek M. Berezowski / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Nyu-York aholisi va ularning itlari evakuatsiyadan oldin
Marek M. Berezowski / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Nyu-York aholisi vakili evakuatsiya vaqtida
Marek M. Berezowski / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Rossiya urushda kuniga 250 nafargacha odam yo‘qotmoqda. Noma’lum askarlar ommaviy qabrlarga dafn etilmoqda

«Meduza» va «Mediazona» nashrlari hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainadagi urushning qariyb ikki yarim yili mobaynida 120 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan. So‘nggi vaqtlarda RF qurolli kuchlari yo‘qotishlari faqat o‘sib bormoqda. Agar 2023 yil oxirida bunday yo‘qotishlar kuniga taxminan 120 kishini tashkil etgan bo‘lsa, hozirda — kuniga o‘rtacha 200–250 kishi halok bo‘lmoqda. Ukrainadagi urushda halok bo‘lganlarning dafn marosimlari Rossiyaning barcha regionlarida, shuningdek «LXR» va «DXR» nazorati ostidagi hududlarda ham bo‘lib o‘tmoqda.

Luhanskdagi birodarlik qabristonida 20 nafar rossiyalik harbiyning jasadlari qoldiqlari qayta dafn etilishi. 2024 yil 6 iyul
Aleksandr Reka / TASS / Profimedia
«Donbassning tuzalmas yarasi» yodgorligi oldida dafn etilayotganlar. Luhansk, 2024 yil 6 iyul
Yevgeniy Biyatov / RIA Novosti / Sputnik / Profimedia
Luhansk, 2024 yil 6 iyul
Aleksandr Reka / TASS / Profimedia
Luhansk, 2024 yil 6 iyul
Yevgeniy Biyatov / RIA Novosti / Sputnik / Profimedia

Mavzuga oid