Lazizbek Mullojonov birinchi bosqichdan o‘tdi
U italiyalik raqibini musobaqadan chiqarib yubordi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar jamoasi ham o‘z ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi.
Olimpiada o‘yinlarining ikkinchi kungi bahslari doirasida o‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullojonov (-92 kg) turnirdagi dastlabki jangini o‘tkazdi. Jamoa vakillari orasida birinchi bo‘lib ringga ko‘tarilgan Lazizbek Mullojonov 1/8 finalda jahon chempionati sovrindori va Yevropa chempioni, italiyalik Aziz Abbos Muhiddin bilan bellashdi.
U dastlabki raunddayoq 4:1 hisobida ustun keldi, ikkinchi va uchinchi raundlarni ham o‘z foydasiga hal qildi.
Shu tariqa, Mullajonov umumiy hisobda 4:1 hisobida ustun kelib chorakfinalga yo‘llanma oldi.
Yarimfinal yo‘llanmasi uchun bahs 1 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
08:47 / 22.12.2024
Usik Fyurini yana yengdi
21:57 / 18.12.2024
Fyuri va Usik boks jangida ilk marta sun’iy intellektga asoslangan hakam bo‘ladi
04:18 / 15.12.2024
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi
15:42 / 13.12.2024