«Krokus Siti Xoll»dagi teraktda ayblangan tojikistonliklarning hibsda qolish muddati uzaytirildi
Sud ularni 2024 yil 22 noyabrga qadar hibsda qoldirdi, tergov harakatlari davom etmoqda.
16 avgust kuni Moskvaning Basmanniy sudi «Krokus Siti Xoll»dagi teraktda ayblanayotgan Tojikistonning to‘rt nafar fuqarosini hibsda saqlash muddatini tergov organlari talabiga binoan uzaytirdi.
Mahkama yopiq eshiklar ortida o‘tdi. Tergov organlarining iltimosiga binoan Muhammadsobir Fayzov, Dalerjon Mirzoyev, Murodali Rajabalizoda va Fariduni Shamsiddin yana uch oyga — 2024 yil 22 noyabrga qadar hibsda qoladigan bo‘ldi. Ushbu tojikistonliklar teraktning bevosita ijrochilari sifatida gumonlanmoqda.
Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zaliga hujum joriy yilning 22 mart kuni sodir bo‘ldi. To‘rt nafar qurolli shaxs konsertga kelgan odamlarga qarata o‘q uzdi, zalga o‘t qo‘ydi, so‘ng binoni tark etib, mashinada qochib ketdi. Oqibatda 144 kishi halok bo‘ldi, bir necha yuz kishi jarohatlandi.
Ushbu hujum zamonaviy Rossiya tarixidagi eng yirik teraktlardan biriga aylandi. Terakt uchun javobgarlikni «Viloyati Xuroson» terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga oldi. Rossiya huquq-tartibot idoralari hujumni sodir etishda va uyushtirishda yordam berishda gumon qilingan 18 kishini qo‘lga oldi, ularning aksariyati Tojikiston fuqarolaridir.
Mavzuga oid
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
18:06 / 09.12.2024
«Men va Putin» - Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
16:51 / 09.12.2024