Ramzan Qodirovning qizlari 2017 yilda Fransiyaga boshqa familiya ostida uchgani ma’lum bo‘ldi
Checheniston yetakchisining qizlari Parijda Ayshat Qodirova boshqarib keladigan Firdaws modalar uyining namoyishida ishtirok etgan.
Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirovning qizlari — Karina, Tabarik va Xedi 2017 yili otasining shaxsiy samolyotida Fransiyaga uchishda boshqa familiya yozilgan pasportlardan foydalangan. Bu haqda Rossiya chegarasini kesib o‘tganlikka oid ma’lumotlar bazasidan tarqalgan faktlarga tayanib, «Agenstvo» xabar berdi.
Nashr keltirgan skrinshotlarga ko‘ra, ular Grozniydan Fransiyaga 2017 yil 12 iyul tongida VQBVQ davlat raqamiga ega samolyotda parvoz qilgan. «Dojd» telekanali o‘sha yili Qodirov foydalanadigan Airbus ACJ319 biznes-jyetining raqami shunday ekanini ma’lum qilgandi.
Checheniston yetakchisining qizlari chegarani kesib o‘tishda Musayeva familiyasi yozilgan pasportlardan foydalangan. Hujjatlarda qizlarning o‘z ismi, shuningdek, tug‘ilgan sanalari qayd etilgan. Ushbu pasportlar hozir ham amalda ekani aytilmoqda.
Samolyot bortida, shuningdek, «Proyekt» loyihasi Qodirovning ikkinchi rafiqasi deb atagan Fotima Xazuyeva ham bo‘lgan. U bilan birga o‘sha vaqtda besh yosh bo‘lgan qizi Ashura ham uchgan. Ashura onasining familiyasi yozilgan hujjatlardan foydalangan.
Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotda jami 21 kishi bo‘lgan. Xususan, Checheniston IIV Xo‘jalik va servis ta’minot markazi boshlig‘i Roman Sulaymonov va «Terek» maxsus kuchlari ofitseri Mosvar Adalayev ham Fransiyaga uchgan.
«Agenstvo»ning yozishicha, Parijda Ramzan Qodirovning qizi Ayshat Qodirova boshqarib keladigan Firdaws modalar uyining namoyishi bo‘lib o‘tgan.
Ramzan Qodirov 2014 yildan beri Yevropa Ittifoqi, 2017 yildan esa AQSh sanksiyalari ostida qolmoqda. Checheniston rahbarining qizlari Ayshat va Karina 2022 yilda YeI sanksiyalariga tushgan. O‘sha yilning o‘zida AQSh Qodirovning uch nafar xotini — Medni Qodirova, Fotima Xazuyeva, Aminat Ahmadovaga nisbatan sanksiyalar joriy etgan. Bundan tashqari, Qodirovning onasi ham YeI va AQSh sanksiyalari ostida.
Mavzuga oid
00:45
Turkiya TIV rahbari Suriyaga qarshi sanksiyalarni tezroq bekor qilishga chaqirdi
22:44 / 22.12.2024
YeI Ukrainaga qarshi boshlangan urushga uch yil to‘lishi munosabat bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda
14:42 / 21.12.2024
Chad Fransiyadan qo‘shinlarini Ramazon oyigacha olib chiqishni talab qildi
21:33 / 20.12.2024