Jamiyat | 09:25 / 05.09.2024
3705
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 yo‘lida 4 sentabr kuni soat taxminan 17:00 larda YTH sodir bo‘ldi. 

Foto: YHXB

Yo‘lning dovon qismida harakatlanib kelayotgan “Gaz-52” yuk avtomashinasi haydovchisi nishablikda boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda ushbu yuk avtomashinasi o‘zidan oldinda bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Captiva’ning orqa chap yon tomonidan va Nexia-3’ning orqa tomonidan urgan. To‘qnashuv oqibatida Nexia-3 o‘zidan oldinda bo‘lgan Spark avtomashinasining orqa qismiga urilgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Nexia-3 avtomashinasi yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish va rasmiylashtirish vaqtida avtomobil yo‘lida tirbandlik yuzaga kelgan.

Mavzuga oid