Sport | 19:22 / 17.10.2024
16006
2 daqiqa o‘qiladi

The Guardian o‘zbekistonlik 17 yoshli futbolchini jahonning eng umidli top-60 o‘yinchisi ro‘yxatiga kiritdi

Buyuk Britaniyaning The Guardian nashri o‘z an’anasiga binoan, har yil jahonning eng umidli iqtidorlari o‘yinchilari top-60ligini e’lon qilib bormoqda. E’tiborlisi, bu safar ushbu ro‘yxatga o‘zbekistonlik futbolchi ham kiritilgan.

Foto: UFA

Eng umidli iqtidorlar reytingidan O‘zbekiston U20 jamoasi hamda «Bunyodkor» klubi himoyachisi Azizbek To‘lqinbekov ham joy olgan. 2007 yilda tug‘ilgan futbolchining hozirgi transfer bahosi 175 ming yevro sanaladi. U joriy mavsum Superligada jami 16 o‘yinda maydonga tushib, 1007 daqiqa harakat qilgan.

The Guardian nashrining vunderkindlar ro‘yxatiga «Barselona» hamda Ispaniya milliy jamoasi a’zosi Lamin Yamal, Pau Kubarsi, «Real»dan Joan Martines, «MYu»dan Chido Obi-Martin va Jyeyms Overi joy olgan.

Shuningdek, Franko Mastantuono («River Pleyt»), Enzo Molebe («Lion»), Viggo Gebel («RB Leypsig»), Mattia Liberali («Milan»), Rodrigo Mora («Portu»), Jonatan Kusi-Asare («Bavariya»), Arxan Kaka («Persis Solo»), Rayan Messi («Strasbur»), Jyeyden de Guzman («PSV»), Sheyn Klyuyvert («Barselona») singari umidli iqtidorlar ham ro‘yxatga kiritilib, skautlarga tavsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bungacha The Guardian nashri 2022 yilda jahonning eng umidli o‘yinchilari top-60ligiga o‘zbekistonlik futbolchi Jasur Jaloliddinovni kiritgan edi.

Mavzuga oid