Jamiyat | 21:44 / 01.11.2024
10214
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi

Haydovchi avtobusga “Ayollar oldinda, erkaklar orqada” yozuvini ilib qo‘ygan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

2024 yil 29 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lovchi avtobusida “Ayollar oldinda, erkaklar orqada” yozuvi osib qo‘yilgani tasvirlangan foto tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, holat Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan viloyat transport boshqarmasi munosabat bildirib, haydovchiga intizomiy jazo qo‘llanganini ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, mazkur holat 22-sonli Navbog‘ mahallasi - Pistamozor mahallasi yo‘nalishda harakatlanuvchi, davlat raqami belgisi 30/306 WBA bo‘lgan avtobusda sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, keskin muhokamalarga sabab bo‘lgan yozib olib tashlangan. Yo‘lovchi tashuvchi korxona tomonidan muhokamalarga sababchi bo‘lgan haydovchi A.R.ga belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.

Shuningdek, jamoat transportida bunday e’tirozli holatlar takrorlanmasligi uchun xizmat ko‘rsatuvchi “Dilshodtransservis” MChJda haydovchilar o‘rtasida muhokama o‘tkazilgan.

Mavzuga oid