AQSh Ukrainaga 425 mln dollarlik yangi yordam paketini taqdim etmoqda
Berilgan harbiy yordam Ukrainaga kerakli qurol-aslahalarni olish imkonini yaratadi, deya ma’lum qildi Pentagon. Gap AQSh arsenallarida saqlanayotgan qurollarni topshirish haqida ketmoqda.
Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga harbiy yordamning navbatdagi transhini ajratmoqda. «Pentagon bugun Ukrainaga qo‘shimcha yordam ko‘rsatilishini e’lon qildi, bu AQSh Mudofaa vazirligi arsenallaridan Ukrainaga 2021 yil avgustidan beri berilayotgan harbiy yordamning 69-transhidir», — deyiladi AQSh mudofaa vazirligi 1 noyabr, juma kuni e’lon qilgan bayonotda.
Unda qayd etilishicha, transh hajmi 425 million dollarga baholanmoqda. «Bu Ukrainaga juda zarur bo‘lgan qurollarga ega bo‘lish imkonini beradi, xususan, gap havo hujumidan mudofaa raketalari, artilleriya va YaO‘RT uchun o‘q-dorilar, zirhli mashinalar va tankka qarshi qurollar haqida ketmoqda», deb xabar berdi Pentagon.
Hisobotda gap yangi xaridlar haqida emas, balki AQShdagi arsenallarda saqlanayotgan shu qurollarni topshirish haqida ketayotgani qayd etilgan.
Zelenskiy: Tomahawk haqidagi ma’lumotlar maxfiy edi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyevning Rossiyani to‘xtatib turish uchun Amerikaning o‘rta masofaga uchuvchi «Tomagavk» (Tomahawk) qanotli raketalarini yetkazib berish haqidagi iltimosini tasdiqladi. Biroq u 30 oktyabr kuni Shimoliy Yevropa OAV vakillari bilan suhbat chog‘ida bu Ukraina va AQSh rasmiylari o‘rtasidagi maxfiy ma’lumot ekanini aytdi.
«Ommaviy axborot vositalarida hozir nima bo‘layotganini ko‘ryapsiz: ular Ukraina «Tomagavk» kabi ko‘plab raketalarni olishni xohlayotganini aytishyapti. Lekin bu Ukraina va Oq uy o‘rtasidagi maxfiy ma’lumotlar edi. Bu xabarlarni qanday tushunish mumkin. Bu hamkorlar o‘rtasida hech qanday maxfiy narsa yo‘qligini anglatadi», — dedi Ukraina rahbari.
Tomahawk raketalarining masofasi Kiyev ilgari oz miqdorda olgan ATACMS qattiq yonilg‘ida ishlovchi taktik ballistik raketalaridan yetti baravar ko‘p.
Mavzuga oid
22:49 / 27.12.2024
AQSh «Gurjiston orzusi» yetakchisi Bidzina Ivanishviliga qarshi sanksiyalar joriy etdi
21:44 / 27.12.2024
Tramp ilgari surayotgan ommaviy deportatsiya 86 mlrd dollarga baholanmoqda
19:14 / 27.12.2024
Ukraina Kursk oblastida ilk marta KXDR askarini asirga oldi - OAV
15:31 / 27.12.2024