Britaniya qiroli Charlz III o‘z ukasini ta’minot pullaridan mahrum qilmoqchi
Akasi bilan kelishmovchilik tufayli shahzoda Endryu nafaqat boshqa uyga ko‘chib o‘tib, ta’minot pullaridan ayriladi, balki Britaniya qirolligi mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan qo‘riqchilaridan ham mahrum bo‘ladi.
Buyuk Britaniya qiroli Charlz III o‘z ukasi shahzoda Endryuga har yili to‘lanadigan ta’minot pullarini to‘xtatishni buyurdi. Endi York gersogi shaxsiy xarajatlari, shuningdek, qo‘riqchilari uchun ajratiladigan 1 million funt sterlingni ololmaydi.
Qirollik biografi Robert Xardman «Charlz III. Yangi qirol. Yangi saroy. Ichkaridan nazar» nomli kitobining yangi nashrida yozishicha, qirol shahzoda Endryu o‘z qarorgohi — Royal-lodj qo‘rg‘onidan Vindzorga ko‘chib o‘tishini xohlamoqda. Biografning so‘zlariga ko‘ra, shu orqali qirol onasi — qirolicha Yelizaveta II ning istagini ro‘yobga chiqarish niyatida.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, agar Yelizaveta yana bir yil umr ko‘rganida, uning o‘zi Endryu uyini tark etib, avvalroq shahzoda Garri hamda uning rafiqasi Megan yashagan Frogmor-kottejga ko‘chib o‘tishni buyurgan bo‘lardi. Royal-lodj shahzoda Endryuning qizlari — malika Beatrisa va Yevgeniyaga meros bo‘lib qolishi mumkin.
Akasi bilan kelishmovchilik tufayli shahzoda Endryu nafaqat boshqa uyga ko‘chib o‘tib, ta’minot pullaridan ayriladi, balki Britaniya qirolligi mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan qo‘riqchilaridan ham mahrum bo‘ladi.
Daily Mail ma’lumotlariga ko‘ra, shahzoda Endryu «xalqaro savdo sohasidagi tanishlari orqali boshqa daromad manbalarini» topishga muvaffaq bo‘lgan va bu uning barcha xarajatlarini qoplashga yetadi.
2019 yilda Endryu amerikalik milliarder Jyeffri Epshteyn bilan aloqalari sabab ommaviy majburiyatlarini bajarishdan ozod etishlarini so‘ragan edi. 2022 yilda Yelizaveta II ning qarori bilan shahzoda Endryu, shuningdek, faxriy harbiy unvonlaridan ham mahrum etilgan.
Milliarder Jyeffri Epshteyn 2019 yil iyulda Nyu-York huquq-tartibot organlari tomonidan ushlangan va qator jinoyatlarni sodir etishda ayblangandi. O‘sha yilning avgustida Epshteyn Manxettendagi qamoqxonada o‘z joniga qasd qilgan.
Mavzuga oid
03:11
Britaniya dronlarga qarshi yangi turdagi radiochastotali qurolni sinovdan o‘tkazdi
18:56 / 22.12.2024
Britaniyalik harbiylar ommaviy ravishda armiyadan ketishni boshladi
21:42 / 19.12.2024
Britaniya Ukraina askarlarini tayyorlash uchun Ukrainaga o‘z instruktorlarini yuboradi
21:56 / 11.12.2024