Namanganda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Namangan viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Namangan shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda O-N. oilaviy korxonasi rahbari M.O. korxona novvoyxonasida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga yashirincha ulanib, 273,3 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Uychi va To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi Z.Q. va S.O. MChJ mas’ul shaxslari hamda YaTT M.A. ishlab chiqarish sexlarida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 161,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
07:34
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
08:20 / 21.12.2024
Qoraqalpog‘istonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
19:05 / 26.11.2024
Namanganda flyuorit toshini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
16:53 / 22.11.2024