Jamiyat | 09:00 / 13.11.2024
3003
1 daqiqa o‘qiladi

1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi

Jizzax viloyatida 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. 

Foto: O‘zenergoinspeksiya

“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, Sharof Rashidov tumanida fuqaro S.O‘. ga tegishli darvoza yasash sexida elektr qurilmalarini (quvvati 16,3 kVt) shartnomasiz, hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘iga ulab elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 160 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mavzuga oid