Bloomberg: NATOning Ukraina bo‘yicha strategiyasi o‘zgardi
Shimoliy Atlantika alyansiyaga a’zo davlatlar endi Ukrainani urushdagi g‘alabasini ta’minlashga emas, balki tinchlik muzokaralarida unga nisbatan foydali pozitsiyani taqdim etishga urinmoqda.
Shimoliy Atlantika alyansi o‘zining Ukraina bo‘yicha strategiyasini o‘zgartirdi, deb xabar beradi Bloomberg manbalariga tayanib. NATOga a’zo davlatlar endi Ukrainani urushdagi g‘alabasini ta’minlashga emas, balki tinchlik muzokaralarida unga nisbatan foydali pozitsiyani taqdim etishga yoki Rossiya bosqinini tutib turishda yordam berishga urinmoqda.
Agentlikning qayd etishicha, o‘zgargan yondashuv UQK «asta-sekin o‘z o‘rnini yo‘qotayotgani» fonida NATO Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha «sa’y-harakatlarini ikki baravar oshirayotgani» va bu mojaro Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni yo‘qotish evaziga muzlatilishi mumkinligini anglatadi.
Bloombergʼning yozishicha, Ukrainaning Yevropadagi ittifoqchilari urushni to‘xtatishning turli ssenariylarini ko‘rib chiqishni boshlagan. Agentlik manbasiga ko‘ra, ular xususan, «Ukrainani Putinni provokatsiya qilmasdan himoya qiladigan xavfsizlik kafolatlarini o‘z ichiga oladi». Ularning so‘zlariga ko‘ra, variantlardan biri — Yevropa harbiy xizmatchilar nazorat qiladigan demilitarizatsiya zonasini yaratishdir.
Agentlikning yuqori martabali diplomatik manbalarini ta’kidlashicha, muhokama Ukrainadagi vaziyat beqaror ekani fonida o‘tkazilmoqda va muzokaralar yaqin vaqt ichida boshlanishi kerak. Shu bilan birga, RF hukumati hozircha urushni yakunlash bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyorligini namoyish etmagan.
Avvalroq prezident Volodimir Zelenskiy Kiyevda Yevropa kengashi prezidenti Antonio Koshta bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida Ukraina hech qachon Rossiyaning Ukraina hududlari okkupatsiyasini tan olmasligi va hududning faqat bir qismini NATOga a’zo bo‘lishiga rozilik bermasligini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:42
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024