O‘zbekiston | 13:52 / 05.12.2024
2164
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligining Xitoy, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha departamenti direktor o‘rinbosari Filippa Sounders bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA

Suhbat davomida xorijiy tomon Britaniya O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng muhim sheriklaridan biri sifatida hisoblashini hamda Toshkent bilan hartomonlama aloqalarni yanada jadallashtirish va kengaytirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik hamda ta’lim sohasidagi aloqalarning hozirgi holati hamda ularni yanada jadallashtirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashdi.

Shuningdek, Britaniya tomoni O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha sa’y-harakatlarini yuqori baholashini va qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida yuqorida qayd etilgan sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha barcha salohiyatlarni jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid