Jamiyat | 17:30 / 24.12.2024
1612
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda birinchi marta suyak infarkti jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi

Foto: Milliy tibbiyot markazi

Milliy tibbiyot markazi tarixda birinchi marta o‘ng son suyagi distal qismi suyak infarkti bo‘yicha murakkab jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Bu jarrohlik operatsiyasi O‘zbekistonda ortopedik jarrohlik sohasidagi yangi bosqichni boshlab berdi va tibbiyot tarixida muhim yutuq sifatida qayd etildi.

Amaliyot davomida ortoped-jarrohlar suyakning qon bilan ta’minlanishini tiklab, nekroz jarayonining oldini olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu usul bemorning sog‘lig‘ini tiklashda va sog‘lom hayotga qaytishida katta ahamiyat kasb etadi. Operatsiya natijasida bemor sog‘lig‘i tezda barqarorlashdi va uning harakatlanish imkoniyatlari qayta tiklandi.



«Ushbu muvaffaqiyat, Milliy tibbiyot markazi jamoasining yuqori malakali mutaxassislardan tashkil topganligini va ilg‘or texnologiyalardan samarali foydalanishlarini yana bir bor tasdiqlaydi. Mazkur jarrohlik amaliyoti mamlakatimizda ortopedik jarrohlik sohasining rivojlanishini ko‘rsatadi va kelgusida yanada murakkab tibbiy amaliyotlarni amalga oshirish uchun mustahkam asos yaratadi.

Muxtasar aytganda, Milliy tibbiyot markazi jamoasi bu muvaffaqiyatga erishish bilan birga, yangi tibbiy texnologiyalarni rivojlantirishga va murakkab jarrohlik amaliyotlarini joriy etishga intilishlarini davom ettirmoqda», deyiladi xabarida.

Mavzuga oid