Hokimliklar xodimlari ish haqini oshirish rejalashtirilmoqda
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hokimliklar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.
O‘zbekistonda hokimliklar xodimlarining ish haqini oshirish rejalashtirilmoqda, deyiladi prezidentning 20 dekabrdagi farmonida.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimliklari xodimlarining ish haqi va moddiy rag‘batlantirish miqdorini oshirish to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasini ko‘rib chiqish uchun kiritish topshirildi.
Farmon bilan viloyat hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasiga ham o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni o‘zgarmaydi — har bir hokimlik uchun 61−70 birlik, shuningdek, boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 763 birlik.
Bunda viloyat hokimliklarining budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan qo‘shimcha boshqaruv shtatlarini kiritish qat’iyan taqiqlanadi.
Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida hokimning birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etilmoqda.
Ayrim hokimliklarda Xitoy bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va investitsiyalarni jalb qilish sektori, qishloq xo‘jaligi va raqamlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchilar lavozimlari, shuningdek, protokol bo‘limi joriy etilmoqda.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligiga tegishli idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda samaradorlik.uz platformasida mahalliy hokimliklar faoliyatini baholash amaliyotini joriy etish vazifasi qo‘yildi. Ular hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘nalishidagi 10 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha baholanadi.
Mavzuga oid
10:34 / 05.12.2024
Hokimlik balansidagi orderli uyni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
08:21 / 02.12.2024
10 oyda qancha ish haqi va nafaqa pullari talon-toroj etilgani ma’lum qilindi
18:24 / 30.10.2024
Sovuq tushdi, ammo uylarga issiqlik berilmayapti. Nega?
07:52 / 27.03.2024