Berbok Ukrainaga yordamni qisqartirishga qarshi chiqdi
Germaniya tashqi ishlar vazirligi rahbari Kiyevga avvalgi hajmda yordam berishni talab qilmoqda. Annalena Berbokning fikricha, «Ukrainani qo‘llab-quvvatlash o‘z xavfsizligimiz uchun eng yaxshi himoyadir».
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokning aytishicha, Berlin Kiyevga qurol yetkazib berish uchun ajratiladigan mablag‘ni sezilarli darajada qisqartirishga rozi bo‘lmasligi kerak. 12 yanvar, yakshanba kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda bo‘lib o‘tayotgan Suriya bo‘yicha konferensiya arafasida u o‘tgan yili Germaniya hukumati ushbu maqsadlar uchun qariyb yetti milliard yevro ajratganini va agar hozir bu mablag‘ning faqat yarmini bersa, bu Ukrainaning o‘zini himoya qilish qobiliyatining pasayishini anglatadi, deya ta’kidladi.
Berbokning fikricha, Ukrainaga ko‘proq yordam berishda davom etish kerak. Avvalroq Der Spiegel haftalik nashri Germaniya kansleri Olaf Shols Kiyevga tashqi ishlar vaziri va mudofaa vaziri Boris Pistorius tomonidan ilgari surilayotgan 3 milliard yevro miqdoridagi qo‘shimcha yordam ajratilishiga qarshi ekanini xabar qilgan edi.
«Ukrainani qo‘llab-quvvatlash - xavfsizligimiz uchun eng yaxshi himoya»
Annalena Berbok Rossiyaning «soyadagi flot»dan foydalanayotganini yana bir bor tanqid qildi, uning neft tankerlaridan biri Boltiq dengizida boshqaruvni yo‘qotib, Germaniyaning Zasnits portiga yaqiniga kelib qolgan. Germaniya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining «soyadagi floti» sanksiyalar ostida va aslida dengizga umuman chiqmasligi kerak. Berbokning so‘zlariga ko‘ra, Moskva qasddan lomga yuborilishini kerak bo‘lgan kemalar ishtirokida avariyalar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymoqda.
Vazirning ta’kidlashicha, neftning to‘kilishi kichik Boltiqbo‘yi mamlakatlariga ham, Polsha va Germaniyadagi turizmga ham tahdid solmoqda. «Va buni hisobga olsak, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash Yevropadagi o‘z xavfsizligimiz, Germaniyadagi xavfsizligimiz uchun eng yaxshi himoyadir», — dedi Germaniya TIV rahbari.
Mavzuga oid
15:14
Ukraina Rossiyaning Donetsk oblastidagi qo‘mondonlik punktiga zarba berdi
10:33
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak - Trampning bo‘lajak maslahatchisi shartlarni aytdi
08:53
Pistorius Kiyevga yordam paketi bloklangani haqidagi xabarni rad etdi
18:35 / 12.01.2025