Iqtisodiyot | 14:15
2000
2 daqiqa o‘qiladi
Sayyor tekshiruv o‘tkazishda soliq organlarining huquqlari kengaytirildi
Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan ayrim qarorlarga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
- Davlat aksiyalarini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirildi: "Davlat aksiyalari paketlari "Toshkent" RFB orqali xorijiy investorlarga chet el valutasida sotilishi va ular bo‘yicha to‘lovlar shartnomada ko‘rsatilgan valutada amalga oshirilishi mumkin";
- Investitsiyalardan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomaning yana bir majburiy sharti belgilandi, bu tuzilgan shartnoma doirasida yuzaga keladigan nizo va da’volarga nisbatan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishni nazarda tutadi. Nizomning 93-bandiga qo‘shimcha kiritildi;
- Nizomning 96-bandiga davlat aksiyalarini sotishda yuzaga keladigan nizo va da’volarga nisbatan, birinchi navbatda, mediatsiya tartib-taomili amalga oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritildi;
- Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishda soliq organlari mansabdor shaxslarining huquqlari kengaytirildi. Xususan, endi ular quyidagilarga haqli:
- Tadbirkorlik sub’yektlarini xabardor qilmasdan, lekin tekshiruv o‘tkaziladigan kunda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Prezident vakilini albatta xabardor qilgan holda qalbakilashtirish va kontrafakt holatlarini, shuningdek majburiy raqamli markirovka qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotni markirovka qilish qoidalari buzilishini tekshirish. Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 19-bandga qo‘shimcha kiritildi;
- Sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan yana bir holat qo‘shimcha qilindi. Bunday holat soliq inspektorlari o‘z vazifalarini bajarish chog‘ida raqamli markirovkalash lozim bo‘lgan qalbaki va kontrafakt mahsulotni, shuningdek markirovkalash qoidalari buzilishini aniqlash hisoblanadi. Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 57-bandiga tegishli qo‘shimcha kiritildi.
Mavzuga oid
18:30 / 14.01.2025
Ispaniya YeI norezidentlari uchun ko‘chmas mulk xaridiga 100 foizli soliq joriy etadi
19:32 / 11.01.2025
Elektrotexnika sanoatida ayrim korxonalarga yangi soliq imtiyozlari berilishi mumkin
16:06 / 09.01.2025
G‘isht ishlab chiqarishda soliq stavkasi oshiriladi
12:11 / 08.01.2025