Rossiya va Ukraina «25 ga 25» formulasi bo‘yicha asirlar almashdi
Rossiya asirligidan Ukrainaga 25 kishi qaytib keldi, ular orasida Mariupol va "Azovstal" himoyachilari ham bor. Buning evaziga 25 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi Rossiyaga topshirildi.
Rossiya va Ukraina Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) vositachiligida 15 yanvar, chorshanba kuni «25 ga 25» formulasiga ko‘ra asirlar almashdi. Mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, 24 nafar harbiy xizmatchi Ukrainaga qaytgan, ular orasida Mariupol va "Azovstal" himoyachilari, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Kursk oblastida jang qilgan Ukraina Qurolli kuchlari askarlari ham bor. «Qaytarilganlar orasida Kiyev oblastida asirga olingan va rossiyaliklar tomonidan noqonuniy ushlab turilgan tinch fuqaro ham bor», — deya qo‘shimcha qildi Harbiy asirlar bilan ishlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab. Rossiya asirligidan ozod qilinganlarning eng kichigi 24 yoshda, eng keksasi 60 yoshda.
Rossiya Mudofaa vazirligi, o‘z navbatida, 25 nafar rossiyalik harbiy Ukraina asirligidan Rossiya Federatsiyasiga qaytganini ma’lum qildi.
Bu ikki davlat o‘rtasida 2025 yilda birinchi asirlar almashinuvi. Avvalroq Ukraina va Rossiya 2024 yil 30 dekabrda asirlarni almashgandi, biroq tomonlar turli raqamlarni ko‘rsatgan. Kiyev ma’lumotlariga ko‘ra, 189 nafar ukrainalik, jumladan, ikki tinch fuqaro o‘z vataniga qaytgan. Moskva almashish «150 ga 150» formulasi bo‘yicha amalga oshirilganligini da’vo qildi.
Zelenskiy Kimga ukrainalik askarlarni KXDR harbiylariga almashishni taklif qilgan
12 dekabr kuni Zelenskiy KXDR yetakchisi Kim Chen Inga Ukraina qurolli kuchlari tomonidan Kursk oblastida asirga olingan Shimoliy Koreya askarlarini Rossiya asirligida saqlanayotgan ukrainalik harbiy xizmatchilarga almashtirishni taklif qilgan. Pxenyan hali Zelenskiyning taklifiga javob bermadi.
Mavzuga oid
16:28
«Intizomli, sodiq va qo‘rquv bilmas kuch». Ukrain harbiylari shimoliy koreyaliklar haqida
15:20
Rossiya elchisi Kiselevning gapi tufayli Armaniston TIVga chaqirildi
13:27
Rossiya tankerlari 3,5 mlrd dollarlik neftni egalariga yetkazib berolmayapti
13:19