Sport | 03:35 / 27.08.2015
4988
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldino ishtirokidagi Nike reklama roligi 10 yildan beri YouTube’da millionlab namoyishlarni yig‘ishda davom etmoqda

Kuni-kecha internet tarixidagi virus videolariga namuna bo‘la oladigan, futbolchi Ronaldino ishtirokidagi Nike reklama roligi paydo bo‘lganiga 10 yil bo‘ldi. Videoda Ronaldino butsalarni kiyib, oyog‘ida to‘pni o‘ynatib turib, keyin ketma-ket 4 marotaba darvozaning yuqori ustunini poylaydi va bunda biror marta ham to‘pning yerga tushishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Aynan shu viderolik YouTube servisida birinchi bo‘lib million namoyishga erishgan video bo‘lgan.