Sport | 06:34 / 04.11.2015
3998
2 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar Ligasi, V guruh: TsSKA “Manchester Yunayted”ga, “Volfsburg” “Eyndxoven”ga yutqazdi

Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 4-turida V guruhi vakillari TsSKA va “Manchester Yunayted” o‘zaro to‘qnashdilar. Uchrashuv “MYu”ning uy maydoni “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tdi va mankunianliklarning 1:0 hisobidagi minimal ustunligini bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi yagona golni 79-daqiqada Ueyn Runi o‘z jamoadoshi Jyessi Lingorning uzatmasidan keyin bosh orqali Igor Akinfeyevning darvozasiga aniq yo‘lladi.

Chempionlar Ligasi. V guruhi. 4-tur

Manchester Yunayted (Manchester) – TsSKA (Moskva) – 1:0

Gollar: Runi, 79 (1:0). 

Shu guruhdan o‘rin olgan ikkinchi uchrashuvda “PSV Eyndxoven” o‘z maydonida “Volfsburg”ni kutib oldi va 2:0 hisobida g‘alaba nashidasini quchdi. To‘plarni “bo‘rilar” safida Yurgen Lokadiya va Lyuk de Yong o‘z hisoblariga yozib qo‘yishdi.

 

PSV Eyndxoven (Eyndxoven) – Volfsburg (Volfsburg) – 2:0

Gollar: Lokadiya, 55 (1:0); de Yong, 86 (2:0). 

4-turdan keyin V guruhidagi musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. “MYu” — 7 ochko; 2. “PSV” — 6; 3. “Volfsburg” — 6; 4. “TsSKA” — 4.