Jamiyat | 16:23 / 15.01.2016
19021
2 daqiqa o‘qiladi

Jamoat joylarida chekkanlik uchun qay tartibda jarimalar belgilanishiga oydinlik kiritildi

2015 yil 30 dekabrdan boshlab O‘zbekistonda jamoat joylarida chekkanlik uchun jarimaga tortish tartibi joriy etilgan.

Mazkur yangi qonun bo‘yicha yuzaga kelayotgan turli savollar bo‘yicha Norma huquqiy-axborot portali javob berib o‘tdi.

Qonunda man etilmagan joylarda chekish mumkin. Aniqrog‘i o‘z xonadoni, avtomobil, jamoat joyidagi tamaki iste'mol qilish uchun maxsus ajratilgan joy yoki xonalarda chekish mumkin bo‘ladi.

Qayd etib o‘tish kerakki, bu borada javobgarlikka faqat ichki ishlar idoralari tegishli bayonnomani rasmiylashtirgan holda tortishi mumkin. Agar ayblanuvchi bayonnomada bildirilgan holatlarga qo‘shilmasa, buni sudda bildirish huquqiga ega bo‘ladi.

Ish joyida muassis yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs qaroriga ko‘ra ajratilgan joylarda chekish mumkin. Ularni ajratish ish beruvchi va bino egasining majburiyati emas, balki huquqi sanaladi. Agar ular bunday joylarni ajratishdan bosh tortishsa, hech kimning bunga majbur qilishga haqqi bo‘lmaydi.