Jamiyat | 14:21 / 15.01.2016
9854
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya JCh-2018 tufayli Turkiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishga tayyor
Rossiya hukumati futbol bo‘yicha 2018 yilgi Jahon chempionati obektlari Turkiya kompaniyalarining yordamisiz o‘z vaqtida qurib bitirilmasligini tushundi, deb yozadi “Kommersant'” nashri. Ta'kidlanishicha, qurilish loyihalarining aksariyat qismida ko‘plab Turkiya kompaniyalari ishtirok etib kelmoqda.
Aytilishicha, sanksiyalarni chetlab o‘tish maqsadida qo‘shma korxonalar tashkil etiladi, bunda ularning kamida 75 foiz aksiyalari Rossiya kompaniyalariga tegishli bo‘lishi talab qilinadi.
Yana bir manbaning e'tirof etishicha, qo‘shma korxonalar 2015 yil 30 noyabridan so‘ng tuziladigan davlat va tijoriy shartnomalarga da'vogarlik qilayotgan kompaniyalar tomonidan tashkil etilishi mumkin bo‘ladi.