O‘zbekiston | 16:02 / 15.01.2016
14631
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent shahridagi «SuvGeo» ilmiy-tadqiqot instituti binosida yong‘in sodir bo‘ldi
15 yanvar, juma kuni soat 15:00dan keyin Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududida joylashgan «Bunyodkor» shohko‘chasida, Toshkent suv ta'minoti, kanalizatsiya, gidrotexnik inshootlar va muhandislik gidrogeologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti binosi hududida yong‘in sodir bo‘ldi.
Bu yong‘in tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Suratlarda bino ustini quyuq qora tutun qoplaganini ko‘rish mumkin.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, bino ichkarisida mebel sexi joylashgan va yong‘in shu sexdan chiqqan.
Hududga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelishgan va tez muddat ichida yong‘inni bartaraf etishgan.
Hozircha yong‘in sabablari haqida aniq ma'lumot yo‘q.