O‘zbekiston | 14:45 / 18.01.2016
17895
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda nazorat organlari soni ko‘paydi

Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining 2016 yil 12 yanvardagi qaroriga binoan, O‘zbekistonda nazorat qiluvchi organlar ro‘yxati “O‘zdavneftgaginspeksiya”, “Sanoatgeokontexnazorat” va IIV yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bosh boshqarmasi va ularning hududiy bo‘linmalari hisobiga kengaydi. Bu haqda Norma.uz xabar qildi.

Avtomobillarga siqilgan va suyultirilgan gaz quyish shoxobchalariga ega tadbirkorlik sub'yektlarining tadbirkorlikning texnologik talablari, sanoat va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish ishlari Kengash ijozatisiz o‘tkaziladi.

Biroq tekshiruvlar bir yilda bir martadan ortiq o‘tkazilishi va bir ish kunidan uzoq davom etishi mumkin emas.Hujjatda ro‘yxatda keltirib o‘tilgan nazorat chora-tadbirlari muddati 10 kalendar kunini tashkil etishi belgilangan.

Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish organlari qaroriga asoslangan holda muassasa faoliyatini to‘xtatishi istisno holat hisoblanadi.