Jamiyat | 10:19 / 18.01.2016
18019
5 daqiqa o‘qiladi

«Tashvishlanmang, ayajon, men bor joyda doim quyosh charaqlaydi»

Uning ismi noyob, ko‘zlari quvnoq va o‘zining iborasi bilan aytganda «yuragida kichkina teshikchasi bor». Qul Xo‘ja Ahmad Yassaviy Jamoliddinov ismli charog‘on bolakay 14 yoshda. «Yuragidagi kichkina teshikcha» - bu yuraginig tug‘ma xastaligi, aniqrog‘i, 17 kunlik bolakayda aniqlangan yurak qorinchalarining pardalari nuqsoni.

O‘zining tashhisi to‘g‘risida Xoji Ahmad hamma narsani biladi va menga yurak bo‘lmachasi, o‘ng va chap qorinchalari va ulardagi qon bosimi farqi to‘g‘risida zavqlanib so‘zlab berdi.

Shunday tashhis bilan uchuvchi bo‘lmaslik xavfi borligini va jangovor xo‘rozlarini yetim qoldirishi mumkinligini ham biladi. U aynan shunday deydi: «Men bu yerda, kasalxonaligimda mening dakanlarim xuddi yetimdaylar, yurakni tezroq tuzatish kerak». U ishlamay kolgan narsalarni tuzatishni yoqtiradi, hatto barcha qo‘l siltab, tashlab yuborgan narsalarni ham hayotga qaytarishni yaxshi ko‘radi. Faqat narsalarni emas. Ikki yil oldin sovg‘a qilingan xo‘rozlar - dakanlar kasal chiqdi va Xoji Ahmad qushlarning ko‘kragidan havoni o‘zi shprits bilan tortib olib, davolab, oyoqqa turg‘izdi.

Uning tabiyati xuddi dakanlarniki singari - jasur, lekin yuragi dilkash va u mumkin qadar tezroq operatsiyaga muhtoj edi. Bolalar kardiologiyasida «qaytmaslik nuqtasi» nomli tushuncha mavjud. Bu degani, vaqt qo‘ldan boy berilgan va yurakni jarrohlik yo‘li bilan davolashga imkon yo‘qotilgan. Bolalar kardiologiyasi markazi rahbari Doniyor Pirnazarovning aytishicha, yurak xastaligiga chalingan bolalarga mumkin qadar ertaroq jarrohlik usulini qo‘llash darkor: hali yurakning shakli o‘zgarmaguncha. Shunda bola ham o‘zini tezroq o‘nglab oladi, yuragi ham me'yorida ishlab ketadi.

Xoji Ahmad oilasida uch nafar farzand bor, onasi uy bekasi, oilani otasi boqadi, u ham bo‘lsa piloramada bir qo‘lini yo‘qotgan. Bir so‘z bilan aytganda, bolaga kerak bo‘lgan operatsiya oksigenatorning qimmatligi sababli qoldirilib kelayotgan edi. Oksigenatorsiz esa ochiq yurakda jarrohlik mumkin emas. Har bir oksigenatordan faqat bir marotaba foydalaniladi va ular ochiq yurakda o‘tkazilayotgan operatsiya davomida sun'iy qon aylantiruvchi apparatlar nasoslari bilan birga ishlatiladi.

Bizning mamlakatimizda bolalarni davolash bepul, lekin oksigenatorlar hammaga ham yetmaydi. Hammaning ham uni sotib olishga qurbi yetmasligi to‘g‘risida gapirish ortiqcha...
2015 yil noyabrida «Sochnaya dolina» savdo markasi «Birgalikda hayotlarni qutqaramiz» xayriya aksiyasini o‘tkazdi. 1-dan 30 noyabrgacha «Sochnaya dolina» sharbatining sotilgan har bir qutisidan tushgan pulning muayyaan qismi og‘ir xastalikka uchragan bolalarning operatsiyalariga o‘tkazildi. Aktsiya davomida 15 nafar bolaga yetarli pul yig‘ildi. Pul mablag‘lari Toshkent pediatriya instituning klinikasi hisob raqamiga o‘tkazildi. Bolalar kardiojarrohlik markazi shifokorlari o‘zlarining barcha bemorlarini biladilar, ularning orasidan butun respublika bo‘ylab kam ta'minlangan oilalardan yurak xastaligiga chalingan 15 nafar bolakay tanlab olindi.


Xoji Ahmad bilan olib borgan suhbatmiz operatsiyadan olti kun o‘tgandan keyin bo‘ldi va u uyga shoshilganidan tez-tez soatga qarab turar edi. «Bilasizmi, men bobomni juda sog‘indim, Andijonga esa 6-7 soatli yo‘l bosib o‘tish kerak, dakanlarim ham meni sog‘ingan bo‘lsa kerak», - deb, ko‘kragidagi yangi bog‘lovni silab-silab qo‘yar edi. Uning baxtiyor va bir oz yo‘l tashvishiga tushgan onasi «Faqat dovonda havo ochiq bo‘lsin-da», deb zorlanar edi. Unga g‘amxo‘rlik bilan qarab, o‘g‘ilchasi «Tashvishlanmang, ayajon, men bor joyda doim quyosh charaqlaydi», - deb qo‘ydi.

Bu «Birgalikda hayotlarni qutqaramiz» aksiyasi doirasidagi o‘n besh «yurak hikoyasining» birinchisi va bularning davomi bo‘ladi.

Reklama huquqlari asosida.