BMT: IShID to‘dasi 3500 nafargacha kishini qullikda saqlamoqda
Aftidan IShID terroristik guruhi 3500 nafargacha kishini qullikda saqlab kelmoqda, ularning asosiy qismi ayollar va bolalardir. Ushbu so‘zlar BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar boshqarmasi va BMTning Iroqqa yordam ko‘rsatish missiyasi hamkorligida e'lon qilgan hisobotdan o‘rin oldi.
“IShID ayollar va bolalar ustidan jinsiy tajovuzlarni amalga oshirmoqda, – deyiladi hisobotda. – Ayni paytda jinsiy qullik ostida saqlanayotganlar soni 3500 kishiga yaqinni tashkil etadi”.
Hujjatda qayd etilishicha, qullikda saqlanayotgan ayollar va bolalarning asosiy qismi birinchi navbatda yezidlar jamiyatiga mansub. Shuningdek, mamlakatdagi kamchilik hisoblangan boshqa din va elatlar vakillari ham qullikda saqlanmoqda.
Hisobotda keltirilishicha, IShID tizimli ravishda va keng miqyosda zo‘ravonlik aktlari hamda inson huquqlari va xalqaro gumanitar huquqlarni buzib kelmoqda. “Bunday harakatlar ayrim hollarda o‘zida harbiy jinoyatlar, insoniyatga qarshi jinoyatlar va ehtimol, genotsidni ham o‘z ichiga oladi”, - deya qayd etib o‘tishdi mutaxassislar. Bundan tashqari, kuzatuvlar jarayonida IShID ko‘plab tinch aholi vakillarini o‘ldirishgan yoki o‘g‘irlab ketgan. Bu ishlarning asosiy qismi maqsadli ravishda amalga oshirilmoqda.