Jahon | 09:31 / 20.01.2016
5068
1 daqiqa o‘qiladi
Saudiya Arabistoni Eronning “kirdikorlari”ga qarshi bayonot berdi
Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuvni tanqid ostiga oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Vazirning so‘zlariga qaraganda, Eronga nisbatan sanksiyalarning bekor qilinishi teskari natija beradi, negaki Tehronning “kirdikorlari”ni moliyalashtirishning yangi manbalari paydo bo‘ladi.
Ma'lum bo‘lishicha, Saudiya hukumati mazkur masalada birinchi marta bayonot berishi.