Jahon | 17:34 / 21.01.2016
12313
1 daqiqa o‘qiladi

Emomali Rahmon 2016 yil qiyin bo‘lishini tan oldi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida aksilinqiroz choralari muhokamasini kun tartibiga qo‘ydi. Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar qilishicha, mamlakat bosh vaziri Qohir Rasulzoda yig‘ilganlar oldida chiqish qilib, 2015 yilda mamlakat rivoji bo‘yicha hisobotni o‘qib eshittirdi.

Hisobotda aytilishicha, o‘tgan yili Tojikistonda YaIM 48.4 mln somoniyni tashkil qilgan, davlat byudjyetining daromad qismiga 16.6 mlrd somoniy kelib tushgan bo‘lib, bu rejaning 100 foizin tashkil qiladi.

O‘z navbatida, Emomali Rahmon 2015 yilni mamlakat iqtisodiyoti uchun muvaffaqiyatli kelganini ta'kidladi. Ammo, uning tan olishicha, joriy yilda butun dunyoda, shu jumladan, MDH va Tojikistonda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat murakkab bo‘ladi. 

Rahmon hukumatga milliy valyuta kursi barqarorligini saqlab qolish yo‘lida choralar ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.