Jamiyat | 09:51 / 24.01.2016
5219
1 daqiqa o‘qiladi

"Qorda cho‘milayotgan" Tyan-Tyan laqabli panda internetda mashhur bo‘ldi

Internet foydalanuvchilari Vashington shahridagi Smitsonian Milliy hayvonot bog‘idagi Tyan-Tyan laqabli pandaning qorda yumalab o‘ynayotgani tasvirini qiziqish bilan tomosha qilishmoqda.

"Qorda cho‘milayotgan" bu panda tasvirlangan videorolik tvitterga qo‘yilgach, bir necha soat ichida 141 mingdan ortiq retvit yiqqan va unga 144 ming martadan ortiq "layk" bosilgan.

Hayvonot bog‘i xodimlarining aytishicha, ayni vaqtda hududda ro‘y berayotgan qor bo‘ronlar tufayli boshqa jonivorlarning tashqariga chiqishlariga yo‘l qo‘yilmayapti.

Tvitter foydalanuvchilari pandaning bu harakatini "qordan haqiqiy ma'noda zavqlanish" deya baholashgan.

Ma'lumot uchun, AQSh sharqiga yopirilgan qor bo‘ronlari shu vaqtgacha 17 kishi halok bo‘lishi, 8 mingdan ortiq aviareyslarning bekor qilinishiga olib keldi.