Jahon | 09:53 / 25.01.2016
3506
1 daqiqa o‘qiladi
Bayden va Erdo‘g‘an IShIDga qarshi kurash masalasini muhokama qilishdi
AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden o‘zining Istanbulga amalga oshirgan tashrifi vaqtida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi va IShID jangarilariga qarshi kurash masalasini muhokama qildi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Shuningdek, uchrashuv vaqtida Turkiya hamda Iroqning munosatlari haqida gaplashilgan.
Bayden va Erdo‘g‘an bu ikki davlat munosabatlaridagi keskinlikni yumshatish hamda Iroqning suverenitetini hurmat qilish muhimligini qayd etishgan.
Bundan oldinroq, AQSh vitse-prezidenti Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy bilan Ar-Ramadidagi vaziyatni yaxshilash uchun xalqaro yordam ko‘rsatilishi mavzusida gaplashgani to‘g‘risida xabar berilgandi.